"Tadbirkorlik ayol kishiga nima uchun kerak?" mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etilmoqda.
AGROCOMP – Qozog‘iston va O‘zbekistonda qiymat zanjiri, barqaror rivojlanish va eko-innovasiyalarni takomillashtirish orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida bepul vebinarlar tashkil qilib kelinmoqda.
Navbatdagi vebinar 2020 yilning 3 iyul' kuni, soat 16:00 da "Tadbirkorlik ayol kishiga nima uchun kerak?" mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Zamonaviy jamiyatda ayollarning o‘rni yanada kengayib bormoqda. Bugungi kunda har qanday yirik kompaniyaning boshida ayol turishi mumkin.
Xo‘sh, "Tadbirkorlik ayol kishiga nima uchun kerak?"
Bu savolga javob topish uchun, Sayora Azlarovaning vebinarida qatnashishga taklif etamiz!
Vebinarda qatnashish uchun havola: https://webinar2.camon.uz/b/sho-yuu-6dt
02.07.2020
10:56