“Startap tashabbuslari” qoʼllab-quvvatlash dasturining beshinchi davri yangi formatda ishga tushmoqda
Davom etayotgan pandemiya odamlar va tashkilotlar hayotining barcha sohalariga ta'sir etib o'zgarishlarni tezlashtirish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish zarurligini ko'rsatmoqda. Pandemiya davrida odamlar hayotida, odatlari va istaklarida misli ko'rilmagan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Va bu o'z navbatida boshqa sohalarga ta'sir ko'rsatmoqda. Pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun bizning taklifimiz - Startup tashabbuslari.
Texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni rivojlantirishda startaplar hayotiy muhim rol o'ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida innovatsion tadbirkorlik (startaplar) haqli ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yilida pandemiya tufayli “Startap tashabbuslari” qo'llab-quvvatlash dasturi birinchi marta to'liq onlayn tarzda o'tkaziladi. Ushbu format barcha ishtirok etuvchi jamoalar uchun ajoyib amaliyot va raqamlashtirish sari amaliy qadamdir.
Pandemiya jiddiy ta'sir ko'rsatadigan sohalardan biri bu bandlik sohasi bo'lib hozirgi iqtisodiy munosabatlar qayta shakllanayotgan bir paytda iqtisodiyot tiklanishi bilan ba'zi ish o'rinlari yo'q bo'lib ketishi mumkin. Shu sababli bu yil "Startup tashabbuslari" dasturi yangi iqtisodiy voqeliklar va biznesning transformatsiyasi uchun fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali bilim almashishadigan, mutaxassislar va texnologik loyihalar tayyorlaydigan maydoniga aylanadi.
Pandemiya davrida o'zgarayotgan muhit va iste'molchilarning ixtiyorlari korxona va tashkilotlarning biznes jarayonlari va infratuzilmasida jiddiy talablar q o'ymoqda, va o’z faoliyatlarini saqlab qolish uchun xarajatlarni yanada kamaytirishga va yangi ish usullarini izlashga majbur qilmoqda. Yangi texnologiyalar va ishlanmalarga talabni o'rganish shaklida aks aloqa o’rnatish orqali dastur korxona va tashkilotlarga xarajatlarni kamaytirishga, asosiy biznes jarayonlarini raqamlashtirishga va muammolarni hal qilish uchun iqtidorlarni kashf qilishga yordam berishni rejalashtirmoqda.
Joriy yilda dastur o’z ishini Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va respublikaning barcha hududlarida tashkil etadi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi, O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dasturiy ta'minot va axborot texnologiyalari texnoparki (IT-park) hamda ularning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Respublikaning barcha hududlaridan eng istiqbolli 40 ta loyiha jamoalari (har bir viloyatdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyiha) yakuniy taqdimotlar natijasiga ko'ra o'z startaplarini amalga oshirish uchun 50 million so'mgacha maqsadli grantlar bilan taqdirlanadi. Bu grantlar "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan Yaponiya hukumati moliyaviy ko’magi asosida ajratiladi.
Qo'llab-quvvatlash dasturi, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo'yiladigan talablar to'g'risida qo'shimcha ma'lumotni www.startupinitiatives.uz sahifasidan olishingiz mumkin. Arizalar 2020 yilning 16 sentyabrgacha qabul qilinadi.
“Startap tashabbuslari” qo’llab-quvvatlash dasturi 5 yildan beri faoliyat yuritib, bu yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O’zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari vazirligining "O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish" qo’shma loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko’magi asosida amalga oshirilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998 90 317 39 59, Usmon Raximjanov, “O'zbekistonda yoshlarning bandligiga ko'maklashish” loyihasi, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yo'nalishi menejeri.
OAV vakillari uchun: +998 93 397 75 99, Bexzod Umarov, “O'zbekistonda yoshlarning bandligiga ko'maklashish” loyihasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis.
Qo’llab-quvvatlash dasturi haqida batafsil ma’lumot uchun: http://startupinitiatives.uz/
Qo’llab-quvvatlash dasturi yangiliklarini Facebook sahifasida https://www.facebook.com/startupuzb/
va Telegram kanalida https://t.me/startup_initiatives kuzatib boring.
08.09.2020
10:11