"Tadbirkorlik sohasida ma'muriy javobgarlik masalalari" mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etiladi
Sizlarni "Biznes-klinika" loyihasi doirasida COVID-19 pandemiyasi tufayli krizis davrida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralariga bag‘ishlangan navbatdagi vebinarimizga taklif qilamiz.
2020 yilning 25 sentyabr kuni soat 16:00 da Savdo-sanoat palatasi Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i, yurist-konsultant Sherzod Sattarov tomonidan "Tadbirkorlik sohasida ma'muriy javobgarlik masalalari" mavzusida navbatdagi onlayn vebinar tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, tashkil etilayotgan vebinarlarda qatnashish bepul.
Vebinarga quyidagi havola orqali ulaning: https://webinar2.camon.uz/b/mhq-z72-fzv
23.09.2020
14:51