• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini  joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati

     


    I. Qarorning maqsadi

    Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillashtirish, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan shaxslarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, fuqarolarning chet elda bo‘lish davrida huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta'minlash, shuningdek, ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

    II. Qarorning mohiyati
    Qarorga muvofiq,  xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi. 

    Xorijda ishlashga ketishdan oldin O‘zbekiston fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish mazkur tizimning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

    Qarorga ko‘ra:

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi;

    Hududiy filial rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha yordamchilari hisoblanadi;

    Hududiy filiallar xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzadi hamda xorijga fuqarolarni ishga yuboradi.

    Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar tashkil etiladi:

    Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi;

    Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabi;

    Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida ishchilar tayyorlash o‘quv markazi;

    Namangan viloyatidagi professional ta'lim muassasalarida davlat xususiy sheriklik asosida “IT School” o‘quv markazlari, chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasblarga tayyorlash o‘quv markazlari.

    Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan:

    “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi”ga kiritilgan kam ta'minlangan oila a'zosi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;

    mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 mln so‘mgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi;

    mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensasiya qilinadi.

    Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha ishlash o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.

    2021 yil 1 yanvarga qadar:

    •    O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma (patent) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari ko‘rsatiladi.

    •    Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur davlatlardagi advokatlik tashkilotlari bilan bitimlar tuziladi. 

    •    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul shaharlaridagi vakolatxonalari ochiladi

    Chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablag‘larsiz qolgan fuqarolarga to‘lanadigan bir martalik moddiy yordam miqdori BHMning 2 baravarigacha ko‘paytiriladi (ilgari BHMning 1 baravari edi).

    Shuningdek, mehnat migrantlariga huquqiy yordam berish bo‘yicha onlayn platforma yaratiladi hamda Rossiya Federatsiyasida “Call-markaz” tashkil etiladi.

    2021 yil 1 yanvardan “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi”ga kiritilgan kam ta'minlangan oila a'zosi xorijda vaqtincha ishlab qaytib kelganda:

    BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiya to‘lanadi;

    Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensasiya qilinadi.

    Shu bilan birga, mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi “1282” qisqa raqamli ishonch telefoni tashkil etiladi.

     

    23.09.2020

    17:08

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06