Hurmatli tadbirkorlar diqqatiga! So‘rovnoma.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan, vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksining Qurilishga ruxsat berish yillik reytingida mamlakatimiz o‘rnini yanada yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlari ijrosini ta'minlash hamda Qurilish sohasiga oid jarayonda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida tadbirkorlarning fikrlari muhimligini inobatga olib, quyidagi so‘rovnomalarni o‘tkazmoqda.
Siz, ushbu so‘rovnomada ishtirok etish orqali, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yo‘lida to‘siq bo‘layotgan muammolarning o‘z yechimini topishda va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yanada soddalashtirish hamda shaffof bo‘lishiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
Havola orqali ko‘rsatilgan so‘rovnomani to‘ldirib info@chamber.uz ga yuborishngizni iltimos qilamiz.
02.10.2020
16:33