O‘zbekistondan AQSh bozoriga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish istagidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga!
O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi O‘zbekiston Respublikasining Vashingtondagi elchixonasi hamda AQShning “Registrar Corp” kompaniyasi qo‘shma hamkorligida 2020 yil 14 oktyabr 17:00da “AQSh Oziq-ovqat va farmasevtika mahsulotlari sifatini nazorat qilish agentligi (FDA) qoidalariga rioya qilish, O‘zbekistondan AQShga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish” mavzusida onlayn vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu onlayn vebinarda respublikamizdan AQShga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish maqsadidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari uchun AQShga oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilish tartiblari va bosqichlari, bojxona rasmiylashtiruvi, AQSh Oziq-ovqat va farmasevtika mahsulotlari sifatini nazorat qilish agentligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan AQSh bozoriga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi va uni yo‘lga qo‘yish istagidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari quyida keltirilgan ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va ushbu vebinarda ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun ilova: https://www.anymeeting.com/AccountManager/RegEv.aspx?PIID=EF55DA85814738
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi ma'sul xodimi A'zamov Sardorga +99899 774-45-94 telefon raqami va elektron manzili orqali (s.azamov@chamber.uz) murojaat qilish mumkin.
SSP Matbuot xizmati
12.10.2020
09:33