«ShANXAY − TOShKENT: ELEKTRON TIJORAT ISTIQBOLLARI» − «ELEKTRON TIJORAT IPAK YO‘LI»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan 2020-yil «Ilm-fan, ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e'lon qilingan. Bu o‘z navbatida, bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda iqtisodiy jihatidan eng samarali va optimal yo‘lni tanlagan davlat sifatida dunyo hamjamiyatidagi zamonaviy tendensiyalarni qo‘llab-quvvatlashda to‘laqonli aks etadi.
YuNKTAD ma'lumotlariga ko‘ra, raqamli savdoning global bozori 29 trln. AQSh dollariga teng. Raqamli savdoning ulushi dunyo bozorining 20 foizini tashkil qiladi. 2025-yilga borib bu ko‘rsatkich 25%ga yetishi mumkin.
SOVID-19 pandemiyasi davrida mavjud internet-platformalari yordamida xizmat ko‘rsatish sohasini raqamlashtirish jarayonining sezilarli darajada o‘sishi katta hajmdagi ish o‘rinlarni yaratishga, iqtisodiyotni yanada shaffof bo‘lishiga hamda hizmatalar turini kengayishiga va yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chet el bozoriga eksportini yo‘lga qo‘yishga hizmat qiladi.
2020-yil 13-oktyabr kuni mamlakatimizning Xitoy Halq Respublikasidagi elchixonasi, Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi savdo va investisiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovasion rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi ko‘magida ikki davlat tijorat tuzilmalarpi vakillari ishtirokida onlayn trazda «ShANXAY-TOShKENT: ELEKTRON TIJORAT ISTIQBOLLARI» - «ELEKTRON TIJORAT IPAK YO‘LI» mavzusida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Xitoy Xalq Respublikasi Elektron tijorat xalqaro markazining elektron tijorat va axborot kommunikasiyalar departamenti, Sinjon Osiyo-Evropa xalqaro savdo markazi, mamalakatimizning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda AEEX va BMB TRADE GROUP investisiyaviy-konsalting kompaniyalari tashkilotchiligida o‘tkazildi.
Biznes-forumda Xitoy va O‘zbekiston davlat va jamoat hamda tijorat doiralarining 50 nafardan ortiq vakillari ishtirokida elektron tijorat sohasida xalqaro va hududlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash ustuvor masalalari muhokama qilindi.
Anjumanning asosiy maqsadi – elektron tijorat sohasida tajriba almashinuvini tashkil qilish, mahalliy mahsulotlar eksportini hamda Xitoydan import qilinadigan tovarlar ko‘lamini kengaytirish tizimini rag‘batlantirish, elektron savdo maydonchalarni amaliyotga tatbiq etish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish hisoblanadi.
Tadbir yakunida AEEX hamda BMB TRADE GROUP kompaniyalari mamlakatmizda yetishtiriladigan mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksportini kengaytirish maqsadadida elektron savdo maydonchalarini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Umuman olganda biznes-forum ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni kengaytirishga, shuningdek elektron tijoratni rivojlantirishda hamda amaliyotga elektron savdo maydonchalarini keng tatbiq etish maqsadlariga xizmat qiladi.
13.10.2020
17:06