Savdo-sanoat palatasi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish boshqarmasi” tomonidan joriy yil oktyabr oyining 12-16- kunlari amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida hamda davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik sohasida Palataning funksiyalaridan foydalangan holda o‘tgan hafta davomida tadbirkorlik subyektlariga jami 11 759 ta biznes xizmatlari ko‘rsatildi.
Xususan, 11 588 ta (98,5%) bepul xizmatlar, 171 ta (1,5%) pullik xizmatlar ko‘rsatilib, ular doimiy ravishda “XIZMATLAR PORTALI”ga elekton tarzda kiritilib borilmoqda.
Bepul asosida eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlarga: Biznes yuritish hisobotlari bo‘yicha maslahat va ma'lumot berish, Ta'sis hujjatlari tayyorlash bo‘yicha maslahat va ma'lumot berish, Yer maydonlari va bino-inshootlar, jumladan bo‘sh turgan ob'ektlardan foydalanish bo‘yicha maslahat va ma'lumot berish, Ishlab chiqarish obyektlari, jumladan, sanoat zonalaridan foydalanish bo‘yicha maslahat va ma'lumot berish to‘g‘ri keladi.
Pullik asosida esa Biznes-rejalar loyihalarini tayyorlash, Ta'sis hujjatlari, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha loyiha hujjatlar tayyorlab berish, Biznes yuritishda (buxgalteriya, bank xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashish) tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda, biznesni boshlash va rivojlantirish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga «CALL CENTER» orqali maslahat va ma'lumotlar berib kelinmoqda.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga biznes xizmatlari ko‘rsatish salmog‘ini oshirish borasidagi ishlar davom etmoqda.
19.10.2020
11:45