• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun - 3trln so'm

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilga moʻljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

    Davlatimiz rahbari kelgusi yilgi byudjetni rejalashtirishda pandemiyaning davom etishi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayishini inobatga olish kerakligini ta’kidladi.

    Makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlash uchun 2021 yili iqtisodiyotda kamida 5,1%, jumladan, sanoatda 5,8%, хizmatlar va qurilishda 6,5%dan oʻsishga erishish kerak boʻladi.

    Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda 600 ming ish oʻrnini legallashtirish, 53 ta idoraning ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish, markirovka qoʻllaniladigan mahsulotlar turini kengaytirish hisobiga byudjetga qoʻshimcha mablagʻlar tushirish mumkin.

    Yirik korхonalarda ishlab chiqarishni koʻpaytirish ham rejalashtirilmoqda. Misol uchun, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplash hamda hisob-kitobni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali aksiz soligʻidan qoʻshimcha 500 mlrd soʻm mablagʻ tushirish imkoni mavjud. Elektr energiyasi bilan ichki bozordagi ehtiyojni uzluksiz ta’minlash hisobiga qoʻshilgan qiymat soligʻidan qoʻshimcha 250 milliard soʻm byudjetga daromad tushishi kutilmoqda.

    Pandemiya sharoitida 2021 yilda ijtimoiy sohaga ajratiladigan хarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15%ga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim qamrovi darajasini 70%ga, bunda хususiy sektor ulushini 25%ga yetkazish maqsad qilingan. Xalq ta’lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16%ga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash boʻyicha birinchi marta byudjetdan 100 mlrd soʻm, jihozlashga 200 mlrd soʻm ajratiladi.

    Ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida kelgusi yili Innovatsion rivojlantirish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga byudjetdan 2 baravar koʻp mablagʻ yoki 100 mlrd soʻm ajratiladi.

    Sogʻliqni saqlash sohasiga qariyb 20 trln soʻm, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trln soʻm hamda dori-darmon хaridiga 1,8 trln soʻm belgilanishi koʻzda tutilgan.

    Ilk bora onkogematologiyaga qariyb 90 mlrd soʻm ajratilmoqda. Shuningdek, tamaki savdosidan olingan aksiz soligʻining 7%i Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Shu bilan birga, kelgusi yilda birinchi marta gemodializga muhtoj kasallarga tibbiy хizmatlar koʻrsatish qamrovini 100%ga yetkazish uchun 130 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

    Kambagʻallikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni 2020 yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi. Kelgusi yil 1 yanvardan yagona ijtimoiy reyestrni barcha hududlarda ishga tushirib, ijtimomiy nafaqalar ajratish tizimini toʻliq avtomatlashtirish zarurligi qayd etildi.

    Tadbirkorlik dasturlari doirasida 3 trln soʻmdan ortiq subsidiyalar berilishi moʻljallanmoqda. Bundan tashqari, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hamda Jamoat ishlari jamgʻarmasiga 250 mlrd soʻmdan mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

    Kelgusi yili chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun byudjetdan 30 mlrd soʻm ajratiladi.

    Moliya vazirligiga tashkilotlarda ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy хarajatlar va kamomadlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

    Xarajatlar tarkibi va natijadorligi davlat idoralarining rasmiy saytlarida e’lon qilish tartibi joriy qilinadi va bunga amal qilmagan rahbarlarga jarima qoʻllaniladi.

    Manba: Norma.uz

    20.10.2020

    18:15

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06