• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazorati

    “Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonuniga koʼra Palata va uning hududiy boshqarmalari tadbirkorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yuritish vakolatiga ega.

    Mazkur qonunning 23-moddasiga binoan Palataning jamoatchilik nazorati quyidagi shakllarida belgilangan:

    davlat organlarining, birinchi navbatda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bajarilishi, tadbirkorlik faoliyatiga koʼmaklashish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash boʼyicha faoliyatiga doir zarur maʼlumotlarni soʼrab olish hamda tahlil qilish;

    davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarning jamoatchilik-maslahat kengashlari faoliyatida majburiy ravishda ishtirok etish;

    davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarning tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va taʼminlash sohasidagi faoliyati toʼgʼrisida tadbirkorlik subʼektlari oʼrtasida soʼrov oʼtkazish hamda ularning fikr-mulohazalarini tahlil qilish;

    normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash yuzasidan jamoatchilik ekspertizasini tadbirkorlik subʼektlarini jalb etgan holda oʼtkazish;

    tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishga doir davlat dasturlarini, shuningdek hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

    Palata aʼzolari boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirishlar monitoringini amalga oshirish va ushbu tekshirishlarda ishtirok etish.

    Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 9 oyi mobaynida Palata tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

    1. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishga doir davlat dasturlarini, shuningdek hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlar bajarilishi ahvoli Jizzax viloyatining Mirzachoʼl va Bahmal tumanlari, Toshkent viloyatining Boʼka, Ohangaron va Chinoz tumanlari, Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Qumqoʼrgʼon tumanlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasining Ellikqalʼa tumani hamda Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir, Mirobod, Chilonzor, Mirzo Ulugʼbek tumanlarida ishtirok etildi.

    2. Palata vakillari Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi, Davlat statistika qoʼmitasi hamda Korruptsiyaga qarshi kurashish Аgentligi qoshida tuzilgan jamoat-maslahat Kengashlari faoliyatida ishtirok etib kelishmoqda. Ushbu Kengashlar yigʼilishlarida tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar, duch kelayotgan toʼsqinliklar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari muhokama etilmoqda

    3. Koronavirus pandemiya davrida tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferentsiyalarni qo’llashda yuzaga kelayotgan muammolarni o’rganish maqsadida, Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami
    387 ta tadbirkorlik sub'ektlari vakillari o’rtasida so’rovnoma o’tkazildi. So’rovnomada ishtirok etgan tadbirkorlik sub'ektlarining 272 tasi koronavirus pandemiyasi davrida davlat tomonidan berilgan imtiyoz (preferentsiya)lardan biron-bir qiyinchiliksiz foydalanganligini, 115 tasi esa ushbu imtiyoz (preferentsiya)lardan foydalanmaganligini bildirishdi.

    Tahlil natijalariga ko’ra, tadbirkorlar 167 ta holatda soliq va boshqa majburiy to’lovlarini kechiktirish, 165 ta holatda kredit muddatini uzaytirish, 35 ta holatda ijara to’lovini kechiktirish, 13 ta holatda bojxona va eksport, 3 ta holatda turizm va 7 ta holatda boshqa sohadagi imtiyoz (preferentsiya)lardan foydalanganliklarini bildirishdi.

    Shu bilan birga, 94 ta holatda soliq va boshqa majburiy to’lovlarini kechiktirish, 76 ta holatda kredit muddatini uzaytirish, 57 ta holatda ijara to’lovini kechiktirish, 10 ta holatda bojxona va eksport, 9 ta holatda turizm va 9 ta holatda boshqa sohadagi imtiyoz (preferentsiya)lardan foydalanishda muammo va qiyinchiliklarga duch kelingani bildirildi.

    4. Jamoatchilik nazoratining yana bir shakli bu normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash uchun vakolatli organ sifatida jamoatchilik ekspertizasini o’tkazish bo’lib, ushbu yo’nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

    - jami 645 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari, shundan  84 ta qonun hujjatlari, 163 ta Prezident farmon va qarorlari, 310 ta Hukumat qarorlari va 88 ta boshqa hujjatlar loyihalari bo’yicha jamoatchilik ekspertizasi o’tkazildi. Shundan 389 ta loyiha bo’yicha tadbirkorlik faoliyati rivojiga to’sqinlik qiluvchi yoki cheklovchi normativ-xuquqiy hujjatlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to’g’risidagi tavsiyalar bayon etilgan hulosalar berildi.

    Shu bilan birga, Palata huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik ekspertlar Kengashi yig’ilishlarida tadbirkorlar ishtirokida 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihalari ko’rib chiqildi.

    5. Vazirlar Mahkamasining “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi 2018 yil 7 noyabrdagi 920-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandiga asosan nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslariga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan 7 ta davlat organida, xususan IIV, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspektsiyasi, “O’ztemiryo’lnazorat” inspektsiyasi, “O’zdavkarantin” inspektsiyasi, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi va Qurilish sohasida nazorat qilish inspektsiyalarida o’tkazilgan attestatsiyalarda Palata vakillari ishtirok etdi.

    Mazkur attestatsiyalarda nazorat qiluvchi organlarning 533 nafar hodimi ishtirok etishgan, shundan 175 nafar xodimlarga maxsus guvohnoma berilishi rad qilindi.

    6. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektsiyasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalariga rioya etilishi yuzasidan 7774 ta tadbirkorlik sub'ektida o’tkazilgan o’rganishlar ustidan Palata xodimlari tomonidan jamoatchilik nazorati olib borildi. Natijada  nazorat qiluvchi organ xodimlari tomonidan 1 ta holatda tekshirish dasturidan chetga chiqish, 2 ta holatda tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashish va 1 ta holatda asossiz talablar qo’yilganligi aniqlandi.

    Tadbirkorlik sohasidagi qonun talablarini bajarilishiga jamoatchilik e'tiborini tortib va shu orqali tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasining kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

    Bu boradagi faoliyatimiz davom etmoqda.

    SSP Matbuot xizmati

    26.10.2020

    17:14

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06