O'zbekiston Prezidenti Savdo-sanoat palatasining Qashqadaryo viloyati xududiy boshqarmasi yangi binosiga tashrif buyurdi
Qarshi shahriga bo'lgan tashrifi davomida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Savdo-sanoat palatasining yangi binosini xamda Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasini borib ko‘rdi. Muassasada iqtisodiy-moliyaviy va yuridik maslahatlar berish, informasion xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Qashqadaryodagi yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning doimiy ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan.
14.11.2020
11:42