• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 821 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (ID-24795) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyihada Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan bo‘lib, unda, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqining bekor qilinishi, yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish tuman (shahar) hokimining tegishli qarori asosida ham amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmonining 5-bandiga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini olib qo‘yish va bir fermer xo‘jaligidan boshqasiga o‘tkazish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan, ular foydalanadigan va mulki bo‘lgan yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashlariga berilgan.

    Shu bois, loyihada mazkur normani inobatga olgan holda, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutish lozim.

    2. Loyihada keltirilgan 361-modda 6-qismiga ko‘ra, “Yer uchastkasi ijara huquqi berilgan holatlarda, sudning hal qiluv qaroriga binoan ijara shartnomasi bekor qilinadi hamda tuman (shahar) hokimining yoki xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga asosan yer uchastkasi qaytarib olinadi”, - deb belgilangan.

    Mazkur norma aniq ifodalanmagan, undagi ma'no to‘liq anglashilmagan.

    Bundan tashqari, ushbu modda boshqa normalarida ijara shartnomasi xalq deputatlari Kengashlarining qarori asosida, yuridik va jismoniy shaxs ijaraga olingan yer uchastkasini qaytarib berishga rozi bo‘lmaganda esa, sud orqali bekor qilinishi belgilangan.

    Ko‘rinib turganidek, loyihada ushbu norma bilan bog‘liq nomuvofiqlik va noaniqliklar kelib chiqqan. Shu bois, mazkur noaniqliklarni bartaraf etish tavsiya etiladi.

    3. Loyihada keltirilgan 41-modda 3-qismiga ko‘ra, “Yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasining ijarachilari, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchilari va mulkdorlariga ularning yerlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi, shu jumladan qayta sotib olinishi va yer uchastkasidagi bino va inshootlar buzilishi natijasida yetkazilgan zararlar o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) yer uchastkasi berilayotgan yuridik va jismoniy shaxs tomonidan to‘la hajmda qoplanishi shart”, - deb belgilangan.

    Bunda, yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda yetkazilgan zararlar o‘rni yer uchastkasi berilayotgan yuridik va jismoniy shaxs tomonidan qoplanishi nazarda tutilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-sonli Farmoni 3-bandiga ko‘ra, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishga faqat quyidagi maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi:

    mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;

    xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

    foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;

    avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);

    aholi punktlari bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan obyektlar qurish qismida ijro etish, shuningdek, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda.

    Ko‘rinib turganidek, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga faqatgina Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoni16-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armani tashkil qilish;

    davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini Jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish belgilangan.

    Yuqoridagilardan ko‘rinib turganidek, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash mazkur jamg‘arma mablag‘lari hisobiga davlat tomonidan amalga oshiriladi.

    Shu bois, yuqoridagi normada keltirilgan “Yer uchastkasi berilayotgan yuridik va jismoniy shaxs tomonidan to‘la hajmda qoplanishi shart” so‘zlarini “davlat tomonidan to‘la hajmda qoplanadi” so‘lariga o‘zgartirish hamda loyiha orqali yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda yetkazilgan zararlar o‘rni oldindan davlat tomonidan qoplanishini nazarda tutuvchi normalarni Yer kodeksiga kiritilishini nazarda tutish lozim.

    4. Loyihada keltirilgan 461-moddaga ko‘ra, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash ishlari Kadastr agentligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan amalga oshiriladi.

    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosi yer uchastkasining tabiiy joylashuvi, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlari, yerlarning suv bilan ta'minlanganligi, tuproq bonitet balli, yetishtiriladigan mahsulotlarning bozor narxlaridan kelib chiqib aniqlanadi.

    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli Farmoniga ko‘ra, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi yerlarining me'yoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilgan.

    Shu bois, loyihada mazkur norma talablarini inobatga olgan holda Yer kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutish lozim.

    5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi 20-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish belgilangan:

    yerdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan yer uchastkalari ijarasi shartnomasini bekor qilish shartlarini qayta ko‘rib chiqib, soddalashtirilgan va shaffof mexanizmga mos talablarni ishlab chiqish;

    yerdan foydalanish huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish;

    dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida ularga yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda ajratish;

    istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun dehqon xo‘jaliklariga qo‘shimcha yer uchastkalaridan foydalanish huquqini berish;

    yer uchastkalariga tutash hududdagi yerdan foydalanuvchilarga mazkur yer uchastkasiga ijara huquqini olishni dastlabki rad etish huquqini kiritish;

    qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta ko‘rib chiqish.

    Biroq, loyihada mazkur masalalarning aksariyati inobatga olinmagan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihani qayta ishlab chiqish tavsiya etiladi.

    SSP Matbuot xizmati

    07.12.2020

    18:36

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06