Mahalliy tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan respublikamizdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini Ukraina hamda Yevropa Ittifoqiga yanada kengaytirish maqsadida Ukraina hududida ushbu mahsulotlarni saqlash, saralash, va qadoqlashga mo‘ljallangan savdo-logistika markazini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqmoqda.
Ukraina va Yevropa Ittifoqiga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni logistika markazini tashkil etishda xamkorlikka taklif etamiz.
Bu boradagi takliflaringizni 2020-yil 16-dekabrga qadar Palataning s.azamov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi ma'sul xodimi Usmonov Shaxzodga +99878 150-60-06 (ichki 1849) telefon raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
10.12.2020
15:14