Shayhontohur va Chilonzor tumani xolati SSP vakillari tomonidan o‘rganildi
Davlat rahbarining 20-noyabr kuni Chilonzor tumaniga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini taminlash maqsadida, SSPga biriktirilgan Chilonzor, Mirobod, Shayhontohur tumanlari aholisini turmush sharoitini yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mahallalardagi holat bilan tanishilmoqda.
12-dekabr kuni Palata Raisining birinchi o‘rinbosari I.K.Jasimov boshchiligida Shayhontohur tumanidagi qoniqarsiz (qizil) deb topilgan 4 ta mahalla (Suzuk ota, Katta hovuz, Eski Jar ariq, Chaqar)dan 2 tasi Eski Jar ariq va Chaqar mahallalarida aholi uchun ijtimoiy iqtisodiy sohalarda yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishildi.
Xuddi shu kuni SSP Raisining o‘rinbosari F.T.Usmanov tomonidan Chilonzor tumanining Xirmontepa va Shuxrat maxallasi xolati o‘rganildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
12.12.2020
17:29