Ellikqalʼa tumanida “Mahallabay” oʼrganishlar natijasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yuzasidan navbatdan tashqari yigʼilish boʼlib oʼtdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 oktyabrdagi Qoraqalpogʼiston Respublikasiga tashrifi hamda 2020 yil 29 dekabr kungi Oliy Majlisga Murojaatnomasida berilgan topshiriqqa muvofiq Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Mahallabay” oʼrganishlar natijasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yuzasidan 2021 yil 8-yanvar kuni Xalq deputatlari shahar (tuman) Kengashi hamda mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari ishtirokida navbatdan tashqari yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʼiston Respublikasiga tashrifi va Oliy Majlisga Murojaatnomasida berilgan topshiriq va vazifalarni ijrosini "mahallabay" tashkil qilish maqsadida tuman hokimining 2021 yil 4 yanvar kungi 1/01-sonli qarori asosida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov raxbarligidagi “Ishchi guruh”lar tashkil qilingan.
Shundan kelib chiqib, Ellikqalʼa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga 1-sektor (11 ta MFY) va 2-sektor (6 ta MFY) hamda АT Xalq bankiga 3-sektor (10 ta MFY, OFY) va 4-sektor (9 ta MFY) biriktiridi.
“Mahallabay” oʼrganish natijalariga koʼra, mahalla va ovul fuqarolar yigʼinlarida 2021 yilning 7 yanvar holatiga 3 285 ta xonadon takliflari oʼrganilib, tahlil qilindi.
Ellikqalʼa tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha 2021-2022 yillar uchun dasturi loyihasi ishlab chiqilib, unga muvofiq mahalla fuqarolar yigʼini moddiy - texnik bazasini mustahkamlash va mahalla hududiy infrastrukturasini rivojlantirish belgilandi.
Halq deputatlari Ellikqalʼa tumani Kengashining navbatdan tashqari yigʼilishida Ellikqalʼa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini tashkil etish masalalari belgilab olindi.
Endilikda har bir mahalla boʼyicha amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazorati olib boriladi.
Maqsad, tuman aholisining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish boʼyicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli amalga oshirish, muammolarni oʼz vaqtidla aniqlab, hal etish va natijadorlikni taʼminlashdan iborat.
09.01.2021
15:13