Savdo-sanoat palatasi Raisining Toyloq tuman yoshlari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoev tomonidan joriy yil 25 dekabr kuni oʼtkazilgan “Oʼzbekiston yoshlari forumi”da yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini taʼminlash boʼyicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi qoʼllab-quvvatlandi.
Ushbu tashabbus doirasida hududlarda ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitishni tashkil etish asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish orqali
2021 yilda kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan taʼminlash vazifasi belgilab berildi.
Shu maqsadda, joriy yilning yanvarь oyidan boshlab hududlarda yoshlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga oʼqitishning yangi tizimi etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4862-sonli qaroriga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun joriy yilda 45 million АQSh dollari ajratilishi, shuningdek yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir viloyatga 100 mlrd soʼmdan kredit mablagʼlari yoʼnaltirilishi belgilangan.
Shuningdek, tadbirkorlik koʼnikmasi va tajribasiga ega boʼlgan aholini va boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini roʼyobga chiqarish orqali ular faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan toʼlaqonli tizimni yaratish, aholining tadbirkorlikka qiziqishi, turmush darajasini yaxshilashga intilishi va manfaatdorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan motivatsion chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Аholiga oʼzining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shugʼullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yoʼlga qoʼyishning amaliy jihatlarini oʼrgatishga qaratilgan «kouching» video materiallar va darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtiroki muhim hisoblanadi.
Qarorga koʼra tashkil etiladigan oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlarni qoʼlga kiritgan yoshlarga oʼz biznesini tashkil etish uchun “Mikrokreditbank” АTB tomonidan 33 million soʼmgacha boʼlgan miqdordagi mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi.
Shuningdek, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʼurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari asosida 225 million soʼmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.
Shu maqsadda joriy yilning 10 yanvar kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi А.Ikramov Samarkand viloyatining Toyloq tumanidagi yoshlar bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuv doirasida 1+1 tashabbusini yoʼlga qoʼyish masalalari muxokama etildi.
Yoshlar bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvdan fotosuratlarni xukmingizga xavola etamiz.
10.01.2021
17:44