“Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida oʼquv kurslarini tamomlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yil 25 dekabrь kuni oʼtkazilgan Oʼzbekiston yoshlari forumida yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini taʼminlash boʼyicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi qoʼllab-quvvatlandi.
Mazkur tashabbus doirasida hududlarda ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitishni tashkil etish asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish orqali 2021 yilda qariyb 500 ming nafar yoshni ish bilan taʼminlash vazifasi belgilab berildi.
Аna shu maqsadda Toshkent viloyati Chirchiq shahri hamda Zangiota tumanlarida ham yoshlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga oʼqitishning yangi tizimi joriy etildi va joylarda Davlat xizmatlari markazi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlar agentligi, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash tuman boʼlimi hamkorligida “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularning bandligini taʼminlash borasida tashkil etilgan namunaviy oʼquv kursi faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek oʼz nihoyasiga yetgan oʼquv kurslari oʼquvchilari Savdo-sanoat palatasining mahsus sertifikatlari bilan taqdirlanib kelinmoqda.
18 yanvar kuni Chirchiq shahri hamda Zangiota tumanlarida ham Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov ishtirokida boʼlib oʼtgan uchrashuvda oʼquv kurslarini tamomlagan umumiy 45 ta oʼquvchiga mahsus sertifikatlar topshirildi. Shundan 25 nafar oʼquvchi Chirchiq shahridan boʼlsa, 20 nafari esa Zangiota tumanida tashkil etilgan oʼquv kurslari oʼquvchilari hisoblanadi.
Sertifikatlar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I. Jasimov, Chirchiq shahar hokimi S.Yusupov, Zangiota tumani hokimim T.Moliqulov hamda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi U.Аkbarov tomonidan taqdim etili.
Mazkur oʼquv kurslariga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari, qolaversa, tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar jalb etiladi. Ular yuqori tajribaga ega malakali pedagoglar, amaliyot oʼqituvchilari, va ishlab chiqarish korxonalarining malakali mutaxassislari koʼmagida biznes va tadbirkorlik sohasiga oid bilim va koʼnikmalarini oshirib boradi. Shuningdek, Yoshlarga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida ularning ijtimoiy muammolarini tizimli oʼrganish, bu boradagi vazifalarni muvofiqlashtirish borasida ham amaliy ishlar olib borilishi koʼzda tutilgan.
Tadbirkorlik va kasb-hunarga oʼqitish kurslarini tamomlagan bitiruvchilarga kasbiy malaka sertifikatlari berilib, hududdagi tegishli tadbirkorlik subʼektlariga ishga joylashtiriladi.
19.01.2021
09:00