• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    «Shafran» ilmiy tadqiqot markazi rahbari, professor Boboqul Toʼxtaev bilan suhbat.

    Bugungi kunda yer yuzida aholi sonining ortishi, isteʼmol qilinayotgan barcha oziq-ovqat va dorivor mahsulotlarni tabiiylashtirish, mahsulotlar asoslarini tabiiy xom ashyo yoki komponentlardan olish dolzarb vazifaga aylanmoqdi. Bu oziq-ovqat, dorivor va hushboʼy-ziravor oʼsimliklar xom ashyosining xilma-xilligini koʼpaytirish hamda ulardan tabiiy dori vositalari va yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

    Bunday istiqbolli dorivor va oziq-ovqat oʼsimliklardan biri Crocus sativus L (ekma zaʼfaron - shafran posevnoy) hisoblanadi. Qayd etish joizki, dunyoning 15 dan ortiq davlatlarida ekma zaʼfaron (shafran) yetishtirilib, uning qimmatbaho xom ashyosi eksport qilinmoqda.

    Xalq tabobatida zaʼfaron oʼnlab xastaliklarni davolashda ishlatilgan. Аbu Аli ibn Sino zaʼfaron ichish rangni chiroyli, koʼzni ravshan, yurakni quvvatli, nafas aʼzolarini sogʼlom qilishini yozib qoldirgan.

    Respublika Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Dorivor va ziravor oʼsimlik yetishtiruvchilarni qoʼllab-quvatlash boʼlimi mutaxassislari mazkur oʼsimlikning xususiyatlari, zaʼfaron yetishtirish boʼyicha erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar toʼgʼrisida Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi qoshidagi «Shafran» ilmiy tadqiqot markazi rahbari, biologiya fanlari doktori, professor Boboqul Toʼxtaev bilan suhbatlashdi.

    «Shafran» ilmiy tadqiqot markazi qachon tashkil etilgan va vazifalari nimadan iborat?

    Yurtimizda shafran oʼsimligi plantatsiyalarini tashkil etish maqsadida, “Аgrobank” АTB, “Oʼzbekoziqovqatxolding” АK, “Oʼzfarmsanoat” DАK, Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi va “Vrand Investment Group” MChJ hamkorligida “Shafran ilmiy tadqiqot markazi” 2017 yil aprel oyida tashkil etildi.

    Markazning asosiy vazifasi ushbu dorivor oʼsimlik ustida ilmiy ishlar olib borish hamda zaʼfaron yetishtiruvchilarni uslubiy va amaliy qoʼllab-quvatlashdan iborat.

    Zaʼfaron (shafran) dorivor oʼsimligining xususiyatlari qanaqa va bu oʼsimlikni yurtimizda yetishtirish mumkinmi?

    Ushbu oʼsimlik tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Uning tarkibida 50 foizdan ortiq boʼyoq beruvchi krotsin, 2,7 foiz yogʼ, 0,32 foiz efir moyi, V, V2 vitaminlari, azotli moddalar, qand, kaliy va kalьtsiy birikmalari mavjud boʼlib, koʼplab kasalliklarni davolashda qoʼllaniladi. Oʼsimlik oʼziga xos xushboʼy hidi, yorqin rang va taʼm berishi bois turli taomlarga qoʼshiladi. Undan qandolat mahsulotlari, kremlar, muzqaymoq tayyorlashda ham foydalaniladi. Zaʼfaron qoʼshilgan oziq-ovqat mahsulotlari bir necha kungacha sifatini yoʼqotmaydi.

    Yurtimizda ushbu oʼsimlikni koʼpaytirish va plantatsiyalarini tashkil etish boʼyicha ilmiy tadqiqotlar Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bogʼi olimlari tomonidan olib borilgan. Natijada rivojlangan mamlakatlarda farmatsevtika, kosmetologiya, xalq tabobati, hatto pazandalikda keng foydalaniladigan zaʼfaron yurtimiz tuproq-iqlim sharoitiga toʼliq mos ekani, Fargʼona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining togʼ va togʼoldi hududlarida, bogʼ va tokzorlar qator oralarida, oʼrmon hududlarida yetishtirish imkoniyati mavjudligi isbotlandi.

    Bugungi kungacha markaz tomonida qanday loyihalar amalga oshirildi?

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yili Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʼida mamlakatimiz iqtisodiyotining barqarorligini taʼminlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar qatorida 2017-2019 yillarda oʼrmon fondi yerlari va fermer xoʼjaliklarida dorivor oʼsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish loyihasini ilgari surgan edi. Unga asosan, bosqichma-bosqich ravishda Respublikamizning 23 ta tumanida 50 gektardan qimmatbaho zaʼfaron oʼsimligini yetishtirish, uning gulbarglari, shirasi va ziravorini qayta ishlash, piyozini koʼpaytirishni tashkil etish koʼzda tutilgan.

    Mazkur markaz 2017 yilning avgust oyida Gollandiyaning yirik kompaniyasidan 36,4 tonna tuganak piyozlar xarid qilgan edi. Oʼz vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida zaʼfaron (shafran) plantatsiyalarda ekilgan bu tuganak piyozlarning 95-98 foizi koʼkardi. Dastlabki yilda ularning qariyb 40 foizi gulga kirdi. Demak, ular yurtimiz iqlimiga moslashmoqda.

    Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatining turli hududlariga 12,5 gektarga, Izboskan tumanida 5 gektarga, Shahrisabz tumanida 10 gektar va Yuqori Chirchiq tumanida 21,5 gektarga ekma zaʼfaron planttsiyalari tashkil etildi.

    Plantatsiyalarda ekilgan ekma zaʼfaronning 17 tonna tuganak piyozlari kovlab olindi. Tuganak piyozlar Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi tizimidagi 13 ta hududiy oʼrmon xoʼjaligida yangi planttsiyalar tashkil etish uchun ekildi.

    Birinchi vegetatsiya yilida har gektardan 300 grammdan, jami 11 kilogrammdan koʼproq xom ashyo olindi. Bunga ajablanishning hojati yoʼq. Oʼsimlik xususiyatiga koʼra, bir gektar plantatsiyadan birinchi yili oʼrtacha 250-300 gramm hosil beradi. Keyinroq hosildorlik 7-8, 15-16 kilogrammgacha koʼpayadi. Hatto zaʼfaronning vatani hisoblangan mamlakatlarda ham gektaridan uch kilogrammgacha mahsulot yetishtiriladi, xolos.

    Bugungi kunda ushbu dorivor oʼsimlikning bozordagi narxi qanaqa?

    Gulsafsardoshlar oilasiga mansub zaʼfaron dunyodagi eng qimmat dorivor oʼsimliklar sirasiga kiradi. Bugungi kunda uning 1 kilogrammi jahon bozoridagi sifatiga qarab, 2 000 АQSh dollaridan 10 000 АQSh dollargacha baholanadi. Mazkur oʼsimlik, asosan, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Аvstraliya kabi yigirmaga yaqin ortiq mamlakatda yetishtiriladi.

    Davlatimiz rahbarining ushbu sohada tashabbusi olimlarni yanada ragʼbatlantirdi. Markaz zaʼfaron va boshqa dorivor oʼsimliklarning eng yaxshi namunalarini tanlab olib, ularni koʼpaytirish, yetishtirishda tashabbuskorlarni qoʼllab-quvatlashga tayyor.

    Markaz va Palata birgalikda dorivorchilik hamda ziravorchilik yoʼnalishi boʼyicha yangi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.

    SSP Matbuot xizmati

     

     

    27.01.2021

    09:24

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06