Savdo-sanoat palatasi tizimiga 25-29.01.2021 yilda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari toʼgʼrisida maʼlumot
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy yoʼnalishlaridan biri – bu tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʼrib chiqish va hal etish hisoblanadi.
Murojaatlar oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi va hal etilishi ustidan doimiy ravishda nazorat olib borilmoqda. Bundan tashqari, hududiy boshqarmalarda murojaatlar bilan ishlashning ahvoli muntazam ravishda Palata hodimlari tomonidan oʼrganib chiqiladi va natijalari muxokama etiladi.
Murojaatlarni koʼrib chiqish va hal etish ishlarining ahvoli har 6 oyda umulashtirilib, Palata ijroiya qoʼmitasida muhokama etilib kelinmoqda.
Statistik maʼlumotlarga koʼra, joriy yil mobaynida Palata tizimiga jami xafta davomida 42 ta murojaat kelib tushgan. Palata Ijro etuvchi qoʼmitasiga kelib tushgan jami murojatlar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonasidan 5 ta murojaat, Call center orqali 6 ta murojaat kelib tushgan.
Taʼkidlash lozimki, Palataning hududiy boshqarmalarida tadbirkorlarni bevosita qabul qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va tizimli ravishda tadbirkorlarning muammolarini hal etish choralari koʼrilmoqda.
29.01.2021
21:18