• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususidaJamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 83 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori (ID-28347) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishda mazkur faoliyat jozibadorligini oshirish maqsadida, loyiha 4-bandi “a” va “b” kichik bandalaridagi jarimalar summasining tadbirkorlik subʼektlari hisobiga yoʼnaltiriladigan qismini 50 foizdan kam boʼlmagan miqdorda belgilash maqsadga muvofiq boʼlar edi.

    2. Loyiha 1-ilovasi 7-bandiga koʼra, “Tizim oʼrnatilgan obyektda rekonstruktsiya ishlari olib borilganda, Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektiga mazkur hududdan auktsion savdolariga chiqarilmagan yangi obyekt taklif etiladi”.

    Bunda tadbirkorlik subyektlariga olib qoʼyiladigan joyga muvofiq boʼlgan boshqa joy berilishini taʼminlash maqsadida, mazkur bandni quyidagi tahrirdagi jumla bilan toʼldirish lozim:

    “Bunda taklif etiladigan obyekt sutka davomida avtotransport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligi (soni) boʼyicha mutanosib boʼlishi lozim”.

    3. Loyiha 1-ilovasi 17-bandiga koʼra, “Sinov muddatida Tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar oʼn kun muddatda Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Аxborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʼmaklashish markazi, Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi vakillaridan iborat ishchi komissiya (keyingi oʼrinlarda – Ishchi komissiya) tomonidan tahlil qilinadi va ijobiy xulosaga koʼra dalolatnomaga asosan foydalanishga topshiriladi”.

    Bunda mazmunan davlat organlari vazifalarini idoralararo kollegial organ hisoblangan Ishchi komissiyaga yuklash nazarda tutilgan.

    Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi PF-5527-son Farmoni 4-bandiga muvofiq idoralararo kollegial organlarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

    Shuningdek, loyihada ijobiy xulosa qanday mezonlar asosida berilishi, xususan salbiy xulosa beriladigan holatlar aniqlashtirilmagan.

    Bu esa, oʼz navbatida, tadbirkorlik subyektlariga asossiz rad qilinishi holatlariga sabab boʼlishi mumkin.

    Shundan kelib chiqib, loyihada Ishchi komissiya vakolatlarini Ichki ishlar vazirligiga berish hamda loyihada ijobiy xulosa bermaslik asoslarini nazarda tutish maqsadga muvofiq.

    4. Loyiha 1-ilovasi 27-bandiga koʼra, “Tizim ishlab chiqaruvchisi tomonidan kamida 5 yil davomida qoʼllab-quvvatlanishi kerak”.

    Taʼkidlash lozimki, tizim ishlab chiqaruvchisi tomonidan qoʼllab-quvvatlanishi boʼyicha muddat loyiha muallifi tomonidan asoslantirilmagan.

    Xususan, tizim ishlab chiqaruvchisi tomonidan 5 yildan kam muddatda qoʼllab-quvvatlangan taqdirda ham davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetmasligi mumkin.

    Shundan kelib chiqib hamda tadbirkorlik subʼektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, tizim ishlab chiqaruvchisi tomonidan qoʼllab-quvvatlanishi boʼyicha muddatni kamaytirish masalasini koʼrib chiqish maqsadga muvofiq.

    5. Loyiha 1-ilovasi 29-bandiga koʼra, “Ichki ishlar vazirligining yozma ruxsatisiz tizimga qoʼshimcha qurilma va vositalarni ulash qatʼiyan man etiladi”.

    Bunda Ichki ishlar vazirligi qanday hollarda yozma ruxsat berishi mumkinligi aniqlashtirilmagan.

    Bu esa, oʼz navbatida, tizimga qoʼshimcha qurilma va vositalarni ulashni asossiz rad etish, suiisteʼmollik va korruptsiya holatlariga sharoit yaratib berishi mumkin.

    Shu sababli, loyihada Ichki ishlar vazirligi tomonidan tizimga qoʼshimcha qurilma va vositalarni ulashga ruxsat berish holatlarini aniq koʼrsatib oʼtish lozim.

    6. Loyiha 1-ilovasi 33-bandiga koʼra, “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa qoʼriqlanadigan shaxslar (shu jumladan, xorijiy davlat rahbarlari)ning xavfsizligini taʼminlashda, shuningdek, maxsus va ommaviy tadbirlar hamda oʼquv-taktik mashgʼulotlarni oʼtkazishda Ichki ishlar vazirligi tomonidan Tizim faoliyatini vaqtincha cheklash yoki boshqa choralar koʼrilishi mumkin”.

    Biroq, loyihada tizim faoliyatini vaqtincha cheklash yoki boshqa choralar koʼrilishi boʼyicha tadbirkorlik subyektini ogohlantirilishi belgilanmagan.

    Bu esa, oʼz navbatida, noaniqliklarga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyihada tizim faoliyatini vaqtincha cheklash yoki boshqa choralar koʼrilishi boʼyicha tadbirkorlik subʼekti oldindan ogohlantirilishi, shuningdek tizim faoliyatini vaqtincha cheklash yoki boshqa choralar qancha muddatga koʼrilishi maʼlum qilinishi lozim.

    7. Loyiha 1-ilovasi 37-bandi oltinchi xatboshisiga koʼra:

    “Ichki ishlar vazirligi vakolatli organ hisoblanib quyidagi huquqlarga ega:

    tadbirkorlik subyekti ushbu qarorda belgilangan talablarni lozim darajada bajarmagan yoki Ishchi komissiya bildirgan eʼtirozlarini bartaraf etmagan taqdirda mazkur Tizim tomonidan yuborilayotgan maʼlumotlarni “Maʼmuriy amaliyot” KААTga qabul qilinishini toʼxtatish;

    Biroq, bunda vakolatli organ tomonidan Tizim tomonidan yuborilayotgan maʼlumotlarni “Maʼmuriy amaliyot” KААTga qabul qilinishi asossiz toʼxtatilgan hollarda tadbirkorlik subʼektiga olinmagan daromadni undirib berilishi nazarda tutilmagan.

    Shu bois, loyihada sud qarori bilan vakolatli organning Tizim tomonidan yuborilayotgan maʼlumotlarni “Maʼmuriy amaliyot” KААTga qabul qilinishini toʼxtatish toʼgʼrisidagi qarori noqonuniy deb topilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektiga olinmagan daromadning undirib berilishini nazarda tutish maqsadga muvofiq.

    SSP Matbuot xizmati

    09.02.2021

    17:49

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06