Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida
“Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 89 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.
Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʼgʼrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (ID-28345) loyihasi jamoatchilik ekspertizasidan oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:
1.Loyiha 1-ilovasi bilan Maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʼgʼrisidagi yagona Nizom (keyingi oʼrinlarda Nizom)ni tasdiqlash belgilangan.
Koʼrinadiki, bunda, faqat litsenziyalashni maxsus elektron tizim orqali amalga oshirish tartibi va u bilan bogʼliq normalargina aks ettirilishi lozim.
Biroq, Nizomda ushbu loyiha predmeti hisoblanmaydigan, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga soluvchi qonunda toʼgʼridan-toʼgʼri belgilanishi lozim boʼlgan masalalar ham keltirilgan.
Xususan, litsenziyalash sohasida qoʼllaniladigan asosiy tushunchalar, faoliyatni amalga oshirish talablari va shartlari, litsenziyaning amal qilishini toʼxtatib turish, bekor qilish va tugatish, faoliyatni nazorat qilish tartibi va javobgarlik masalalari, litsenziyalovchi organlar qarorlariga (xatti-harakatlariga) nisbatan maʼmuriy shikoyat berish va uni koʼrib chiqish tartibi va boshqalar.
Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Kontseptsiyasining 7-bandida toʼgʼridan-toʼgʼri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish belgilangan.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-sonli Farmoni 15-bandi “a” kichik bandiga koʼra, yuqorida keltirilgan masalalar “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʼgʼrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʼgʼrisida”gi qonunlarni birlashtirish yoʼli bilan ishlab chiqiladigan yaxlit qonun loyihasida belgilanishi nazarda tutilgan.
Shundan kelib chiqib, yuqorida keltirilgan masalalarni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga soluvchi qonunda belgilash, loyihada esa faqatgina maxsus elektron tizim bilan bogʼliq masalalarni nazarda tutish maqsadga muvofiq.
2.Loyihada faqatgina litsenziyalashni maxsus elektron tizim orqali amalga oshirish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.
Biroq, shuni eʼtiborga olish lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-sonli Farmoni 15-bandi “b” kichik bandida Аdliya vazirligiga 2021 yil 1 fevralga qadar litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish maqsadida ularning pasportlarini ishlab chiqish va kodifikatsiyalash boʼyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklangan.
Yaʼni, Farmonda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari boʼyicha pasportlarni ishlab chiqish va kodifikatsiyalash boʼyicha bitta normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek litsenziyalash va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni maxsus elektron tizim orqali berish tartibi mazmunan bir xil ekanligini inobatga olib, loyihani “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillari toʼgʼrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori loyihasi (ID-28360) bilan birlashtirish hamda unda faqat litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni maxsus elektron tizim orqali amalga oshirish tartibini nazarda tutish lozim.
3.Nizomning 1-ilovasi 9-bandiga koʼra, nodavlat taʼlim xizmatlari koʼrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda litsenziya talablari va shartlaridan biri sifatida Oʼzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish belgilangan.
Biroq, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-sonli Farmoni 5-ilovasi 2-bandiga koʼra, nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyatni amalga oshirishda umumiy xarakterdagi va ortiqcha litsenziya talab va shartlaridan biri sifatida Oʼzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun va qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish talabini bekor qilish nazarda tutilgan.
Shu sababli, mazkur banddan ushbu talabni chiqarib tashlash lozim.
4.Nizomning 1-ilovasi 9-bandiga koʼra, nodavlat taʼlim xizmatlari koʼrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda litsenziya talablari va shartlaridan biri sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, oʼquvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʼlmagan miqdorda bepul oʼqishga qabul qilish belgilangan, shuningdek ushbu talabning bajarilmasligi litsenziya talablarini qoʼpol ravishda buzish deb topilishi nazarda tutilgan.
Biroq, amaldagi qonunchilikda bu talab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyati uchun nazarda tutilmagan.
Shu bois, loyihada mazkur masalani qayta koʼrib chiqish hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyati uchun yuqoridagi talabning tatbiq etilmasligini nazarda tutish lozim.
5.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-sonli Farmoni 5-ilovasi 1-bandiga koʼra:
“1. Litsenziyalovchi organ talabgorning arizasini “bir darcha” tamoyiliga asosan yongʼin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari bilan birgalikda koʼrib chiqish tartibini joriy etish orqali mavjud binolar va xonalarning yongʼin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiena normalariga muvofiqligi toʼgʼrisidagi xulosalari taqdim etilishini bekor qilish.
2. Ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan hollarda, litsenziyalovchi organ talabgorning arizasini “bir darcha” printsipiga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʼliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda koʼrib chiqish tartibini joriy etgan holda ularning ruxsatnomalarini taqdim etishni bekor qilish” belgilangan.
Biroq, mazkur masala Nizomning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Pasportda nazarda tutilmagan.
Bu esa, amaliyotda ushbu talablarning eʼtibordan chetda qolishiga, amaliyotda toʼligʼicha qoʼllanilmasligiga olib kelishi mumkin.
Shu bois, nodavlat taʼlim xizmatlari koʼrsatish faoliyatiga litsenziya berishda mazkur talablarni inobatga olish zarur.
6.Nizomning 2-ilovasi 3-bandiga koʼra, ariza beruvchilar toifasi sifatida moddiy madaniy merosning koʼchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʼlgan yuridik shaxs belgilangan.
Аmmo, bu normaning belgilanishi umuman mantiqsiz. Chunki, ariza beruvchi shaxs mazkur litsenziyani olish uchun murojaat qiladi, yaʼni ariza berish jarayonida unda litsenziya mavjud boʼlmaydi.
Shu bois, ushbu bandda ariza beruvchilar toifasi sifatida shunchaki yuridik shaxs deb belgilash, yaʼni litsenziyaga ega boʼlish talabini chiqarib tashlash lozim.
7.Nizomning 2-ilovasi 9-bandida litsenziya talablari va shartlarini belgilashda litsenziya ikkita toifaga ajratilgan (bu amaldagi tartibda ham shunday belgilangan).
Biroq, 7-bandda litsenziya berilganligi uchun davlat bojini belgilashda mazkur toifalar inobatga olinmagan.
Vaholangki, amaldagi tartibga koʼra, moddiy madaniy merosning koʼchmas mulk obʼektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalashda 1-toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, 2-toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan.
Taklif etilayotgan tahrirda esa, davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida undirilishi nazarda tutilgan.
Bu esa, 1-toifadagi litsenziya uchun davlat bojining asossiz ravishda oshirilishini nazarda tutadi.
Shu sababli, mazkur ilovada, avvalo, litsenziyalar toifalangan holda berilishi yoki berilmasligi (yaʼni, bunda litsenziyaning kichik turi nazarda tutilishi yoki tutilmasligi), qolaversa, unda amaldagi davlat bojlari miqdorining saqlab qolinishi (davlat bojlari miqdorining asossiz ravishda oshirilishiga yoʼl qoʼymaslik) masalalarini qayta koʼrib chiqish zarur.
8.Nizomning 3-ilovasiga koʼra, kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani oʼz ichida turlarga boʼlish, shuningdek mazkur kichik turlarni ham yana oʼz ichida toifalarga, yaʼni I, II, III, IV, V va VI reyting guruhlariga boʼlinmoqda. Ularda malaka talablari, litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori, shuningdek faoliyat doirasi turlicha etib belgilanmoqda.
Umuman olganda, yuqoridagilardan anglashilmoqdaki, bir litsenziya nomi ostida olti xil turdagi litsenziya berish nazarda tutilmoqda.
Shuni eʼtiborga olish lozimki, bunday tartib amalda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan litsenziya va ruxsatnomalar sonini qisqartirish boʼyicha islohotlarga mazmunan zid kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani malaka talablari hamda faoliyat doirasi turlicha boʼlgan reytinglarga boʼlish amaliyotidan voz kechish hamda ushbu faoliyat uchun yagona litsenziya berilishini nazarda tutish lozim.
9. Nizomning 3-ilovasi 5-bandida jismoniy shaxs litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organning hududiy boʼlimiga murojaat qilishi va kerakli hujjatlarni topshirishi nazarda tutilgan.
Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni 10-bandiga koʼra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich toʼliq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Shu bois, Nizom 3-ilovasida mazkur talablarni inobatga olgan holda tuzatishlar kiritish lozim.
10.Nizomning 3-ilovasi 9-bandi “b” kichik bandiga koʼra, quyidagilar kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi:
“ ...;
kontsert-tomosha tadbirlarida, toʼylar va boshqa tantanalarda artistning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati va tashqi koʼrinish madaniyatiga zid boʼlgan xatti-harakatlar qilishini hamda maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuygʼularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik gʼoyalarini targʼib qilishni istisno etgan holda milliy mentalitetga, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga muvofiq boʼlgan qoʼshiqlarni va ular boʼyicha yaratilgan videokliplarni ijro etish;
Taʼkidlash lozimki, “odob-axloq qoidalari”, “sahna madaniyati va tashqi koʼrinish madaniyatiga zid boʼlgan xatti-harakatlar”, “maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuygʼularini haqorat qiluvchi” hamda “milliy mentalitetga, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga muvofiq boʼlgan” tushunchalarini turlicha talqin qilish mumkin. Chunki, ularni belgilashning aniq mezonlari mavjud emas.
Bu esa, oʼz navbatida, noaniqliklar, suiisteʼmollik va korruptsiya holatlariga sharoit yaratib berishi aniq.
Bundan tashqari, Oʼzbekistonda yashayotgan har bir millatning oʼz mentaliteti, qadriyatlari bor, shuningdek hududlar urf-odatlari ham bir-biridan farq qilishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada “odob-axloq qoidalari”, “sahna madaniyati va tashqi koʼrinish madaniyatiga zid boʼlgan xatti-harakatlar”, “maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuygʼularini haqorat qiluvchi” tushunchalarni anglatuvchi mezonlarni aniq koʼrsatib oʼtish hamda “milliy mentalitetga, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga muvofiq boʼlgan” soʼzlarini chiqarib tashlash yoki Nizom 3-ilovasi 9-bandi “b” kichik bandini chiqarib tashlash maqsadga muvofiq.
11. Nizomning 3-ilovasi 9-bandi “v” kichik bandiga koʼra, kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri sifatida kontsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda shartnoma asosida amalga oshirish belgilangan, shuningdek ushbu talabning bajarilmasligi litsenziya talablarini qoʼpol ravishda buzish deb topilishi nazarda tutilgan.
Biroq, bunday talab amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan. Loyihada bunday talabning joriy etilishi amaldagi tartibni ogʼirlashtirishni nazarda tutadi.
Xususan, kontsert-tomosha xizmatlari yoki unda ishtirok etish turlicha boʼlib, undan ayrimlarida shartnomasiz ishtirok etilishi mumkin.
Qolaversa, mazkur talabning joriy etilishi, shuningdek, uning bajarilmasligi litsenziya talablarini qoʼpol ravishda buzish deb belgilanishi, amaliyotda mazkur normaning turlicha qoʼllanilishiga, suiisteʼmolchilik va korruptsiya holatlariga sharoit yaratib beradi.
Shu sababli, bu kabi talablarning belgilanishi, uning bajarilmasligi esa, litsenziya talablarini qoʼpol ravishda buzish deb topilishining huquqiy asoslanganligi masalasini qayta koʼrib chiqish lozim.
12.Nizom 11-ilovasi 5-bandi “v” va “e” kichik bandlariga koʼra, affinaj faoliyatini litsenziyalashda talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlarning taqdim etilishi belgilangan:
v) qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shu jumladan tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʼlgan mineral xom-ashyo, ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlash moʼljallanayotgan obʼektning yongʼin xavfsizligi talablariga mosligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
ye) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi raqami va sanasi”.
Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni 10-bandiga koʼra, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich toʼliq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yaʼni, bundan koʼzlangan asosiy maqsadlardan biri talabgorlar tomonidan taqdim etilishi lozim boʼlgan ortiqcha hujjatlarni qisqartirish, boshqa davlat organlarida mavjud boʼlgan maʼlumotlarni oʼzaro elektron hamkorlik orqali olish hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur ilovaning 10-bandida litsenziya berishda kelishiladigan organlar qatorida Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi ham keltirilgan.
Bundan koʼrinadiki, litsenziyalovchi organ yuqoridagi maʼlumot va xulosalarni mazkur davlat organlaridan toʼgʼridan-toʼgʼri olishi mumkin.
Shu bois, Nizom 11-ilovasi 5-bandidan “v” va “e” kichik bandlarni chiqarib tashlash zarur.
13.Nizom 16-ilovasi 5-bandi “b”, “v”, “g”, “d”, “e” va “y” kichik bandlariga koʼra, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʼlgan kannabis oʼsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʼliq boʼlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashish faoliyatini litsenziyalashda talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlarning taqdim etilishi belgilangan:
b) binolar (inshootlar)ning giyohvand vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʼyicha texnik talablarga mosligi toʼgʼrisidagi ichki ishlar organlarining xulosasi (kannabis oʼsimligini yetishtirish yoki saqlash bilan bogʼliq boʼlgan faoliyatda);
v) sanitariya-epidemiologik nazorat xizmatlari hududiy organlarining ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalar, shuningdek, texnologik uskunalarning qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiena talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
g) Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining ishlab chiqarishning qonun hujjatlarida belgilangan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
d) hududiy yongʼin xavfsizligi organining ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalarning qonun hujjatlarida belgilangan yongʼin xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
e) Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi hududiy organlarining ishlab chiqarish sharoitlarini ekologik talablarga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
y) yuridik shaxsning shtatida oʼzlarining xizmat majburiyatlari talablariga muvofiq giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalarga yaqinlashish imkoniyatiga ega boʼlishi mumkin boʼlgan surunkali ruhiy kasalliklar, narkomaniya, taksikoimaniya, alьkogolizm sababli dispanserlik hisobida roʼyxatda turuvchi ishchilar, tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi mavjud boʼlgan, shuningdek, yigirma bir yoshga toʼlmagan xodimlar yoʼqligi toʼgʼrisida tegishli ravishda tibbiyot tashkilotlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan maʼlumotnomalar ilova qilingan maʼlumot”.
Mazkur Xulosa 12-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, Nizom 16-ilovasi 5-bandi “b”, “v”, “g”, “d”, “e” va “y” kichik bandlarini chiqarib tashlash zarur.
14. Nizom 17-ilovasi 4-bandiga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʼmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan veterinariya davolash-profilaktika ishlari faoliyati litsenziyalanishi belgilangan.
Biroq,
Shu bois, mazkur ilova 4-bandi “b” kichik bandining 2-xatboshini chiqarib tashlash lozim.
15.Nizom 18-ilovasi 5-bandi “b” kichik bandi hamda “d” kichik bandining 2-xatboshiga koʼra, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini koʼrsatish faoliyatini litsenziyalashda talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlarning taqdim etilishi belgilangan:
b) yuridik shaxs davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaning raqami va sanasi;
sanitariya, yongʼin normalari va obʼektni qoʼriqlash talablariga muvofiqlik toʼgʼrisida tegishli organlarning xulosasi raqami va sanasi”.
Mazkur Xulosa 12-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, Nizom 18-ilovasi 5-bandidan “b” kichik bandni hamda “d” kichik bandining
2-xatboshini chiqarib tashlash zarur.
16.Nizom 18-ilovasi 7-bandida telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini koʼrsatish faoliyatini litsenziyalashda davlat bojlari miqdorini koʼrsatib oʼtish nazarda tutilgan.
Biroq, unda davlat bojlari miqdori koʼrsatilmasdan qoldirilgan.
Shu bois, ushbu bandda davlat bojlari miqdorini keltirib oʼtish tavsiya etiladi.
17.Nizom 19-ilovasi 5-bandi “b” kichik bandiga koʼra, fond birjalari faoliyati va qimmatli qogʼozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyatini litsenziyalashda talabgor tomonidan taqdim qilinadigan hujjatlar qatorida litsenziya talabgori amalga oshirishni moʼljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi koʼrsatilishi belgilangan.
Bunda, bir litsenziya nomi ostida ikki xil turdagi litsenziya berish nazarda tutilmoqda.
Biroq, hamda fond birjalari faoliyatini litsenziyalash birlashtirish yoʼli bilan bekor qilingan.
Koʼrinib turganidek, yuqoridagi norma mazkur Farmon talablariga zid kelmoqda.
Shu bois, fond birjalari faoliyati va qimmatli qogʼozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi
18.Nizom 19-ilovasi 5-bandi “v” va “g” kichik bandlariga koʼra, fond birjalari faoliyati va qimmatli qogʼozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyatini litsenziyalashda talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlarning taqdim etilishi belgilangan:
v) litsenziya talabgorining davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaning nusxasi;
g) litsenziya talabgori joylashgan joydagi soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot sanasidagi buxgalteriya balansi nusxasi (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno)”.
Mazkur Xulosa 12-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, ushbu talablarni chiqarib tashlash zarur.
19.Nizomning 22-ilovasiga koʼra, balandliklarda sanoat alьpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani oʼz ichida turlarga boʼlish, yaʼni balandliklarda sanoat alьpinizmi usullarida taʼmirlash faoliyati uchun alohida hamda balandliklarda sanoat alьpinizmi usullarida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun alohida litsenziyalar berilishi belgilanmoqda.
Mazkur Xulosa 8-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, balandliklarda sanoat alьpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun yagona litsenziya berilishini nazarda tutish lozim.
20. Mazkur Xulosa 12-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, Nizom 22-ilovasi 5-bandidan “b” kichik bandni chiqarib tashlash zarur.
21.Nizomning 23-ilovasiga koʼra, koʼpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani oʼz ichida turlarga boʼlish, yaʼni 3 ta faoliyat turi uchun litsenziyalar berilishi belgilanmoqda.
Mazkur Xulosa 8-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, koʼpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyati uchun yagona litsenziya berilishini nazarda tutish maqsadga muvofiq.
22.Nizomning 26-ilovasi bilan Аxborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya Pasportini tasdiqlash belgilangan.
Bunda, talabgor tomonidan taqdim qilinadigan hujjatlar qatorida keltirilgan arizada faoliyatning koʼrsatib oʼtilgan turi amalga oshiriladigan muddatning koʼrsatilishi belgilangan.
Аmmo, ushbu ilovada mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar cheklanmagan muddatga berilishi nazarda tutilgan.
Shu sababli, arizada faoliyatning koʼrsatib oʼtilgan turi amalga oshiriladigan muddatni koʼrsatish talabini chiqarib tashlash lozim.
23.Nizom 27-ilovasi 5-bandi “d” kichik bandini mazkur Xulosa
12-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, chiqarib tashlash lozim.
24.Nizom 29-ilovasi 5-bandi “g”, “d”, “e”, “j” kichik bandlarini mazkur Xulosa 12-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, chiqarib tashlash lozim.
25.Nizom 30-ilovasi 5-bandi “d”, “e”, “j”, “z”, “i” kichik bandlarini mazkur Xulosa 12-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, chiqarib tashlash lozim.
11.02.2021
09:58