WCC-АPR Ijroiya Kengashining navbatdan tashqari yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Joriy yilnining 9 fevral kuni “Zoom” platformasi orqali Butunjahon hunarmandlari Osiyo-tinch okeani mintaqasi davlatlari kengashinning navbatdan tashqari yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Mazkur yigʼilishda Butunjahon hunarmandlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari kengashi Prezidenti А.Ikramov hamda Kengash ijroiya qoʼmitasi vakillari ishtirok etishdi.
Ijro Qoʼmitasi tarkibidan Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Gada Xidjavi-Kaddumi, Eron davlatining Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vazirligi vakili, hunarmandchilik va anʼanaviy sanʼat vazirining oʼrinbosari Puyya Max Mudian, Falastin Turizm va hunarmandchilik tashkilotining bosh direktori Osama Muxammad Staiti, Xitoyning “China Poly Group” koorporatsiyasi raisi Syu Nyansha, Аvstraliya Jahon hunarmandchilik kengashining prezidenti Djuda Van Der Merve hamda boshqa mamlakatlarning hunarmandchilik sohasidagi vakillari oʼrin olgan.
Yigʼilishda aʼzo tashkilotlarning faol yoki passiv holatiga nisbatan yashil, sariq va qizil zonalarni joriy etish, aʼzolik jarayonlaridagi muammolar, 2021 yilda oʼtqaziladigan tadbirlar va boshqa masalalar koʼrib chiqildi.
Tadbir avvalida Butunjahon hunarmandlar kengashi Osiyo-tinch okeani mintaqasi prezidenti doktor Аdham Ikromov soʼzga chiqib, kun tartibidan oʼrin olgan masalalar yuzasidan oʼz takliflari va mulohazalarini bayon etdi.
Xususan, А.Ikramov tomonidan Butun jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-tinch okenai mintaqisiga aʼzo davlatlar sonini oshirish maqsadida aʼzoalrning faollik darajasidan kelib chiqqan holda 3 toifaga ajratish va har bir hudud bilan alohida ishlash taklifi ilgari surildi.
“Hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga 34 ta aʼzo davlat kiradi, ammo afsuski, ularning barchasi ham faol emas, mamlakatlar va ularning mintaqaga aʼzo tashkilotlari sonini 40 taga yetkazish uchun men barcha Osiyo-tinch okeani mamlakatlarini faol yoki passiv holatiga muvofiq rang koʼrsatkichlar bilan 3 zonaga boʼlishni joriy etishni taklif qilaman. Bu bizga Osiyo-Tinch okeani mintaqasining qaysi mamlakatlaridan aʼzolarni jalb qilish va kelgusi yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish dasturlarini faol ravishda targʼib qilish uchun astoydil harakat qilishimiz kerakligini koʼrsatib beradi” deya taʼkidladi WCC-АPR prezidenti Аdham Ikramov.
Shuningdek tadbir davomida Ijro Kengashi vakillarining kun tartibida belgilangan masalalr boʼyicha fikr va takliflar tinglandi.
Uchrashuv yakunida kelgusida qilinishi zarur boʼlgan ishlar hamda kelgusi uchrashuvlar vaqti kelishib olindi.
Eslatib oʼtamiz, Butunjahon hunarmandlar Kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC-АPR) 38-Bosh assambleyasida Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov Butunjahon hunarmandlar Kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga 2021-2024 yillar davri mobaynida prezidentlik lavozimiga saylangan edi.
11.02.2021
10:59