Oʼzbekiston delegatsiyasining Vengriya tadbirkorlari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Xabar berganimizdek ayni kunlarda Oʼzbekistonning rasmiy delegatsiya vakillari Vengriyaning Budapesht shaxrida Oʼzbekiston-Vengriya forumi doirasida,Vengkr tadbirkorlari bilan uchrashuvlar oʼtqazmoqda.
Xususan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OOO «Surkhan agro», korxonasi vakili Vengriyaning “Agrota-2L” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Venger korxonasiga tegishli fermer xoʼjaligigi tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida chet el tadbirkori tomonidan korxonaning ish faoliyati, hozirgi kunda parvarish qilinayotgan chorva mollari va olinayotgan chorvachilik mahsulotlari haqida maʼlumotlar berib oʼtdi. Shu bilan birga chet el korxonasi Оʼzbekiston tadbirkorlari bilan hamkorlik qilish borasida ham oʼz takliflarini bildirdi.
17.02.2021
11:20