“Karьera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 dekabr kuni Oʼzbekiston yoshlar forumida soʼzlagan nutqida oliy maʼlumotli yoshlarning bandligini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Berilgan koʼrsatmalardan kelib chiqqan holda joriy yilning 18 fevral kuni Halqaro Islom akademiyasida ish beruvchi tashkilotlar hamda 2020/2021 oʼquv yili bitirivchilari oʼrtasida “Kary'era kuni” mehnat yarmarkasi oʼtkazildi.
Mazkur yarmarkada Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga Savdo-sanoat palatasi faoliyati toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek uchrashuv davomida talabalarning Palata faoliyatiga doir oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
23.02.2021
10:04