• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.
    Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 135 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʼlik sholi yetishtirish uchun urugʼchilik xoʼjaliklarini tanlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (ID-29126) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    Loyiha ilovasi 7-bandiga koʼra:

    “Urugʼlik yetishtiruvchi subyektlar tuman ishchi guruhiga tanlovda ishtirok etish uchun ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:

    a) yer maydonining tuproq unumdorligi toʼgʼrisida tuman (Quvasoy shahar) Qishloq xoʼjaligi boʼlimining maʼlumotnomasi;

    b) yer maydonining suv taʼminoti toʼgʼrisida tuman irrigatsiya boʼlimining maʼlumotnomasi;

    d) soʼnggi 3 yil ichida ekilgan sholi maydonlari kasalliklarga chalinganligi, zararkunandalar bilan zararlanganligi, begona oʼtlar tarqalganligi toʼgʼrisida hududiy “Аgrokimyohimoya” Аjlarning tuman filiallarining maʼlumotnomasi;

    e) urugʼlik sholi yetishtiruvchi subyekt rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti toʼgʼrisidagi hujjat nusxasi hamda qishloq xoʼjaligi sohasidagi umumiy ish staji toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;

    f) urugʼlik yetishtiruvchi subyektning bank hisob varagʼida majburiyatlardan xoli boʼlgan pul mablagʼlari toʼgʼrisida tijorat bankining maʼlumotnomasi;

    g) urugʼlik yetishtiruvchi subyektning qishloq xoʼjaligi texnikalari bilan taʼminlanganlik darajasi (texnika vositalarining texnik pasportlari) toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining (keyingi oʼrinlarda – Oʼzagroinspektsiya) tuman boʼlimi maʼlumotnomasi”.

    Bunda tuman ishchi guruhiga tanlovda ishtirok etish uchun ariza bilan taqdim qilinadigan hujjatlar roʼyhati keltirilgan.

    Biroq, Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi toʼgʼrisidagi nizomda Qishloq xoʼjaligi vazirligi tizimining “a” kichik banddagi maʼlumotnomani, Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi toʼgʼrisidagi nizomda Suv xoʼjaligi vazirligi tizimining “b” kichik banddagi maʼlumotnomani berish vakolati nazarda tutilmagan.

    Shu bilan birga, vakolatli organlar “g” kichik bandda keltirilgan maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan olish mumkin.

    Bundan tashqari, yuqoridagi kabi maʼlumotnomalarni berish tartibi ham amaldagi qonunchilik bilan belgilanmagan.

    Bu esa, oʼz navbatida, noaniqliklarga, tegishli maʼlumotnomalarni berishda suiisteʼmollik va korruptsiya holatlariga sharoit yaratib berishi aniq.

    Umuman olganda, vakolatli organlar yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni, tadbirkorlik subʼektlariga ortiqcha majburiyat yuklamasdan, idoralararo elektron axborot almashish tizimini joriy qilish orqali, toʼgʼridan toʼgʼri tegishli tashkilotlardan olishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyihada Ishchi guruh yuqorida keltirilgan maʼlumotnomalarni idoralararo elektron axborot almashish tizimini joriy qilish orqali, toʼgʼridan toʼgʼri tegishli tashkilotlardan olishini belgilab qoʼyish lozim.

    2. Loyiha ilovasi 12-bandiga koʼra, “Tuman ishchi guruhiga taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga toʼgʼri kelmaganda yoki maʼlumotlarni soxtalashtirish holatlari aniqlanganda urugʼlik yetishtiruvchi subʼekt tanlovda qatnashish huquqidan mahrum etiladi”.

    Taʼkidlash lozimki, shaxs faqat sud qarori bilan biror huquqdan mahrum qilinishi mumkin.

    Shu bilan birga, loyihada maʼlumotlar haqiqatga toʼgʼri kelmasligini yoki maʼlumotlarni soxtalashtirish holatlarini aniqlash mexanizmi belgilanmagan.

    Shundan kelib chiqib, loyiha ilovasi 12-bandini quyidagi tahrirda bayon qilish lozim:

    “Tuman ishchi guruhiga taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga toʼgʼri kelmaganda yoki maʼlumotlarni soxtalashtirish holatlari aniqlanganda urugʼlik yetishtiruvchi subʼektning tanlovda qatnashish toʼgʼrisidagi arizasi koʼrib chiqilmaydi”.

    3. Loyiha ilovasi 22-bandiga koʼra, “Markaz urugʼlik sholi yetishtirish huquqiga ega boʼlgan urugʼlik yetishtiruvchi subʼektlarni umumlashtiradi va ularning yagona reestrini shakllantiradi, yagona elektron bazaga kiritadi”.

    Shuningdek, 24-bandga koʼra:

    “Tanlov gʼoliblari tomonidan mazkur Nizom talablari yoki agrotexnika qoidalari muntazam ravishda buzilganda yetishtirilgan urugʼlik sholi maydonlari aprobatsiya komissiyasi tomonidan yaroqsiz deb topiladi va urugʼlik yetishtirish huquqidan mahrum etiladi.

    Urugʼlik sholi maydonlarida ilmiy asoslangan tavsiyalarga amal qilgan holda koʼchat qalinligini, dalaning boshqa navlardan tozaligini taʼminlash talab etiladi, Mazkur talablarga amal qilinmagan hollarda urugʼlik yetishtiruvchi subʼekt urugʼlik yetishtirish huquqidan mahrum etiladi”.

    Bunda, yuqoridagi normalar bilan urugʼlik sholi yetishtirish faqat mazkur turdagi huquqqa ega boʼlgan urugʼlik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

    Yaʼni, mazmunan yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomili joriy etilmoqda.

    Taʼkidlash lozimki, urugʼchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Urugʼchilik toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilingan boʼlib, unda urugʼlik yetishtirish huquqi uchun ruxsat berilishi yoki ushbu faoliyat faqat mazkur turdagi huquqqa ega boʼlgan urugʼlik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmagan.

    Bunda, ushbu sohani tartibga soluvchi Qonunda nazarda tutilmagan normalarni qonunosti hujjat bilan belgilanishi, Qonundan chetga chiqish holatlariga sabab boʼladi.

    Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni 5-bandi toʼrtinchi xatboshisiga muvofiq amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari roʼyxatlari qonun bilan tasdiqlanadi.

    Yaʼni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talab etiladigan faoliyat turlari roʼyhati qonun bilan tasdiqlanadi hamda qonunosti hujjat bilan yangi shakldagi ruxsat berish tartib-taomilini joriy etish yuridik jihatdan notoʼgʼri.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihani mazmunan qayta koʼrib chiqish, shu jumladan urugʼlik yetishtiruvchi subyektlar urugʼlik sholi yetishtirish huquqini berish yoki urugʼlik yetishtirish huquqidan mahrum etishni nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash lozim.

    4. Loyiha ilovasi 23-bandiga koʼra:

    “Urugʼlik sholi ekini yetishtirish huquqiga ega boʼlgan tanlov gʼoliblarining vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat:

    a) asosiy vazifalari:

    kontraktatsiya yoki fʼyuchers shartnomasiga asosan navlar boʼyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urugʼlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;

    urugʼlik yetishtiruvchi subʼektlar faqat urugʼlik, bir avlodga mansub boʼlgan bitta nav ekilishini taʼminlash;

    koʼpaytirilayotgan navning qimmatli xoʼjalik, texnologik xususiyatlarini saqlash;

    yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʼlgan avlodli urugʼlar yetishtirish;

    avlodli urugʼliklarni yetishtirish tartibi va qoidalariga amal qilish;

    nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʼtkazilishini taʼminlash;

    b) asosiy funktsiyalari:

    urugʼlik uchun ekiladigan ekinlarni yuqori unumdor, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan tekis dalalarda joylashtirish;

    almashlab ekish va agrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida oʼtkazish reja-jadvalini tuzish va amalga oshirish;

    xoʼjalikda urugʼchilik boʼyicha agronom yoki agronom mutaxassisi boʼlishini taʼminlash (xoʼjalik rahbari urugʼchilik boʼyicha agronom yoki agronom boʼlganda bundan mustasno);

    foydalanishga ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar bilan qayta ishlangan (zararsizlantirilgan) urugʼlik materiallarini ekish (maxsus elita urugʼchilik xoʼjaliklari bundan mustasno);

    urugʼlik uchun ekilgan maydonlarni begona nav oʼsimliklaridan tozalash;

    kasallik keltiruvchi begona ekinlarni urugʼlik maydonlar atrofiga ekilmaslik hamda boshqa navlar bilan chatishishga yoʼl qoʼymaslik;

    urugʼlik sholi ekilgan maydonlarda urugʼlik sholi hosili toʼliq yigʼishtirib olingandan soʼng haydov ishlarini oʼtkazish;

    urugʼlik uchun ekilgan sholi maydonlarini urugʼlik sholi oʼrish uchun ajratilgan kombaynlarda oʼrilishi, urugʼlik sholini urugʼlik sholi tashish uchun ajratilgan avtomashina bilan tashish;

    yigʼishtirib olingan urugʼlik sholini avlodlari boʼyicha ishlab chiqilgan davlat standartlari talabida urugʼlik qabul qiluvchi korxonalarga topshirish”.

    Taʼkidlash lozimki, urugʼchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Urugʼchilik toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilingan boʼlib, unda urugʼchilik subʼektlarining huquq va majburiyatlari belgilangan.

    Xususan, yuqoridagi norma bilan urugʼchilik subyektlarining Qonunda koʼrsatib oʼtilmagan, mazmunan majburiyatni bildiruvchi, vazifa va funktsiyalarini belgilash amalda ularga ortiqcha majburiyatlar yuklanishiga hamda Qonundan chetga chiqish holatlariga sabab boʼlishi mumkin.

    Bunda urugʼchilik subyektlarining huquq va majburiyatlarining aniq roʼyhati faqat Qonunda nazarda tutilishi maqsadga muvofiq.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha ilovasi 23-bandini chiqarib tashlash lozim.

    6. Loyiha ilovasi 26-bandiga koʼra, “Tanlov ishtirokchilari tanlov natijalaridan norozi boʼlgan hollarda qonunda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishga haqli”.

    Аmaldagi qonunchilik talablarini, xususan sudga murojaat qilish huquqi har bir shaxsning Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqi ekanligini inobatga olib, loyiha ilovasi 26-bandini quyidagi tahrirda bayon qilish lozim:

    “Tanlov ishtirokchilari tanlov natijalaridan norozi boʼlgan hollarda qonunda belgilangan tartibda sudga yoki yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishga haqli”.

    SSP Аxborot-xizmati 

    24.02.2021

    15:57

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06