2021 yil 24 fevral kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida, videokonferentsaloqa formatida “Namaskar Yevroosiyo” koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Hindistonning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi M.Prabxat, Oʼzbekiston-Hindiston biznes-forumining hamraisi Xarjinder Kaur Talvar xonim, Oʼzbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muhtor elchisi D.Аxatov, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А. Ikromov, Oʼzbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi maslahatchisi Dr.Chaturverdi hamda Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʼiziston davlatlari Savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur koʼrgazmada elektron tijorat, startaplar, axborot tehnologiyalari, qurulish uskunalari kabi yoʼnalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun “B2B” formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikromov oʼz nutqida, ushbu tadbir va “B2B” uchrashuvlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, Oʼzbekiston va Hindiston oʼrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada samarali va xilma-xil qilish nuqtai nazaridan juda foydali boʼladi deya taʼkidladi.
Shuningdek, Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi va elchilarga ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, oʼrta va kichik biznesni qoʼllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
Tadbir davomida Tojikiston, Qirgʼiziston, Turkmaniston davlatlari ishtirokchilari tomonidan tashkil etilayotgan biznes forum doirasida maʼruzalar qilinib mamalakatlar oʼrtasida savdo-aloqalarini yanada oshirish boʼyicha istqibolli rejalar bilan tanishtirib oʼtildi.
Maʼlumot uchun: Аyni paytda Oʼzbekistonda hind kapitali ishtirokidagi 289 korxona, shu jumladan 100 foiz hind kapitali ishtirokidagi 183 korxona faoliyat yuritmoqda.
2020 yilga kelib, Oʼzbekiston va Hindiston oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 24,5 foizga oʼsib, 442,6 million dollarni tashkil etmoqda.
24.02.2021
17:48