O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida eksportga ko‘maklashish bo‘yicha vakolatli vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari tarkibidagi Ishchi guruhining videomuloqoti bo‘lib o‘tdi
2021 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida mahalliy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan vakolatli vazirlik va idoralarning yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhining videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, Savdo-sanoat palatasi qoshida eksport sohasida mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etish, eksporterlarga amaliy yordam berish hamda ularga eksportga oid tezkor ma'lumotlarni olishda ko‘maklashish maqsadida vakolatli vazirlik va idoralardan yetuk mutaxassislarni jalb etgan holda Ishchi guruhini tashkil etildi.
Muloqotda vakolatli vazirlik va idoralar tomonidan eksport sohasida mahalliy tadbirkorlik subyektlarining yuzaga kelayotgan muammolarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, eksportga oid savollariga javoblar berish hamda sohada mavjud muammolarni yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
Mazkur Ishchi guruhi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasidan ma'sul xodimlar jalb etildi.
Videomuloqotda respublikamizdan xorijiy davlatlarga eksport salohiyatini yanada kengaytirish, tashqi bozorlarga milliy mahsulotlar eksportini oshirish, xorijiy davlatlarda mahsulotlar eksportiga bo‘lgan talablar to‘g‘risida mahalliy tadbirkorlarni o‘z vaqtida xabardor qilish hamda ularni eksportga oid muammolarini tezkorlik bilan hal etish borasida Ishchi guruhi tarkibiga kirgan vazirli va idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.
03.03.2021
10:30