Umumiy o‘rta ta'lim maktabida uchrashuv o‘tkazildi
17 mart kuni Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Karmana tuman bo‘limi tomonidan Karmana tumanida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad bugungi kunda yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ulardan samarali foydalanish usullari bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish, ularda tadbirkorlik qilish istagini rivojlantirish hamda ruhiy motivasiya berishdan iborat. Uchrashuv davomida o‘quvchilar muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan yaqindan suhbatlashish, tadbirkorlikni boshlashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida qiziqarli ma'ruza tinglash imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘quvchilarga kelajakda tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha biznes reja tuzish haqida dastlabki bilim va ko‘nikmalar berildi.
18.03.2021
15:20