Investorlar qonun himoyasida
Savdo sanoat palatasi Buxoro viloyati xududiy boshkarmasi, viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati, Romitan tumanlararo iqtisodiy sudi xodimlari, investorlar, tadbirkorlar ishtirokida «Investor qonun himoyasida» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan davra suhbatida investorlarni himoya qilish borasidagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadlari ilgari surildi.
Prezidentimizning 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asoslangan holda Savdo-sanoat palatasining Oliy sud tuzilmasida investisiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sudlov tarkibini tuzilishi belgilandi.
Mazkur farmon bilan sudlov tarkibiga investisiya kiritilgan sanada yigirma million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda investisiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan investisiyaviy nizolar, raqobatga oid ishlarni ko‘rish vakolati berilishi, investisiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishlariga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar va qolgan investisiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rilishi mumkinligi ta'kidlangan.
18.03.2021
18:16