Qashqadaryo viloyatida "Yoshlar: 1+1" loyihasi doirasida navbatdagi sertifikatlar topshirilmoqda
Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan joriy yil 25 dekabr kuni o‘tkazilgan «O‘zbekiston yoshlari forumi»da yoshlarda ijobiy motivasiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini ta'minlash bo‘yicha «Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor» tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu tashabbus doirasida hududlarda ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb- hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish tashkil etish asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish ishlari Respublikamizning barcha xududlarida amalga oshirilmoqda. Qolaversa, Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» tamoyili asosida «Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv-kursi tashkil etilib kelinmoqda.
Joriy yilning 27-28 mart kunlari Qashqadaryo viloyatining G‘o‘zor va Muborak tumanlarida "Yoshlar: 1+1" loyihasi doirasida o‘quv kursini tamomlagan yoshlarga tantanali ravishda sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan va o‘z biznes g‘oyasiga ega bo‘lgan tashabbuskor yigit-qizlarga malakali mutaxassislar tomonidan «Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatini boshlash» yo‘nalishi bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lgan yoshlar endi, avvalgidek «ish izlovchi» emas, balki «ish beruvchi» maqomiga ega bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida Tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Cavdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyatining hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
01.04.2021
16:47