O‘zbekiston – Tatariston biznes-forumi tashkil etildi.
2021 yil 6 aprel kuni “INNOPROM”. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida hamda Tatariston Respublikasi Bosh vazir o‘ribosari, Sanoat va savdo vaziri Albert Karimov boshchiligidagi Tatariston delegasiyasining tashrifi asnosida O‘zbekiston-Tatariston biznes-forumi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tatariston Respublikasi Bosh vazir o‘ribosari, Sanoat va savdo vaziri Albert Karimov, Tatariston Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ivan Kolchin, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov, Tatarston Savdo-sanoat palatasi raisi Shamil Ageev ishtirok etdilar.
Forumda O‘zbekiston va Tataristonning tashqi savdo, sarmoya, yoqilg‘i-energetika, avtomobilsozlik, qurilish, kimyo, yengil sanoat, tibbiyot, farmasevtika, transport va transport kommunikasiyalari, logistika, axborot texnologiyalari va sayyohlik sohalari uchun mas'ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.
Unda Tataristonning 50 ga yaqin kompaniyalari vakillari O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizning oziq-ovqat, neft-gaz, farmasevtika, ta'lim, mashinasozlik, ishlab chiqarish kabi sohalardagi salohiyati, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yaratilgan sarmoyaviy muhit va imkoniyatlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
06.04.2021
17:37