Savdo-sanoat palatasi raisining Samarqand viloyati bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha “1+1” tashabbusini amalga oshirish natijadorligini ta'minlash, bu borada joylarda ishlarni to‘g‘ri va tizimli tashkil etish bo‘yicha grafik asosda uchrashuvlar tashkil etmoqda.
Xususan, joriy yilning 20 aprel' kuni Palata raisi tomonidan viloyatning Qo‘shirabot va Ishtihon tumanlariga tashrif uyushtirildi.
Qo‘shirabot tumanidan boshlangan safar tumanda tashkil etilgan Davlat xizmatlari agentligini faoliyati bilan tashinish va mutasaddilar bilan bir qator masalalarda muhokamalar o‘tkazishni o‘z ichiga oldi.
Xususan, Palata raisi tomonidan tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha takliflar va bir qator ko‘rsatmalar berildi.
Navbatdagi o‘rganish ob'ekti tumanda faoliyat yuritayotgan “Zarkent na’munasi” hususiy korxonasi bo‘ldi. SSP raisini korxona faoliyati bilan tanishtirib, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma'lumot berildi. Shuningdek A.Ikramov, mazkur korxonada ishlayotgan ishchilar bilan suhbatlashdi va ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarmida Palata raisi Samarqand viloyatining Ishtixon tumaniga tashrif buyurdi. Mazkur tumanda ham o‘rganilgan ilk ob'ekt tuman davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazi bo‘ldi. U yerda ham A.Ikramov tomonidan tuman mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish tashkil etilib, kichik sanoat zonasi va tumanda tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaning amaldagi holati, mavjud muammo va kamchiliklarni ko‘rib chiqish, shuningdek “Yoshlar daftari”ni tuzish va ishsiz yoshlar balansini shakllantirish, yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik kurslari bitiruvchilarini kreditlash, subsidiya ajratish; "Yoshlar: “1+1"" tamoyili asosida yoshlarni biriktirish holatini o‘rganish masalalari chuqurlashtirilgan holda ko‘rib chiqildi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramovning Samarqand viloyati bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda.
20.04.2021
16:38