• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 301 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ob'ektlar va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (ID-36028) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha ilovasi 1-bandiga ko‘ra, “Ushbu Nizom mulkchilik shaklidan qat'i nazar qurilishi yoki qayta qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy ob'ektlar va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha sharoitlarni yaratishni ichki ishlar organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi”.

    Ushbu bilan qurilishi yoki qayta qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy ob'ektlar va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha sharoitlarni yaratishni ichki ishlar organlari bilan kelishish tartibi belgilanmoqda.

    Shuni inobatga olish joizki, taklif etilayotgan tartib mazmunan yangi ruxsat berish tartib-taomilini joriy etishni nazarda tutadi.

    Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni 5-bandiga muvofiq amalga oshirilishi uchun lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi.

    Shu bilan birga, bu kabi tartib-taomillar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni murakkablashtirib, biznes yuritishda byurokratik to‘siqlarning vujudga kelishiga hamda ishbilarmonlik muhitining yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Bunda, kelishish tartibi o‘rniga mulkchilik shaklidan qat'i nazar qurilishi yoki qayta qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy ob'ektlar va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha majburiy talablarni belgilab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lar edi.

    Yuqoridagilarni inobatga olib hamda tadbirkorlik sub'ektlari uchun ortiqcha ma'muriy to‘siqlarni vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, loyihadan qurilishi yoki qayta qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy ob'ektlar va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha sharoitlarni yaratishni ichki ishlar organlari bilan kelishishni nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash lozim.

    2. Loyiha ilovasi 5-bandiga ko‘ra:

    “Qurilishi yoki qayta qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy ob'ekt turidan kelib chiqib, unda quyidagi xavfsizlik tizimi majmui o‘rnatiladi:

    ...

    qolgan ijtimoiy ob'ektlar va ularga tutash hududlarda - video kuzatuv, xavf-xatar signalizasiyasi va tutash hududni yoritish tizimlari”.

    Ta'kidlash lozimki, tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli ob'ektlarda xavfsizlik moslamalari, xususan xavf-xatar signalizasiyasi o‘rnatish talabini belgilash amalda tadbirkorlik faoliyati erkinligi tamoyillariga zid kelib, ularning faoliyatiga ortichqa ma'muriy aralashuvni nazarda tutadi.

    Bunda, tadbirkorlik sub'ektlariga o‘z mulkida qo‘riqlash moslamalarini o‘rnatish masalasini erkin hal qilish huquqini berish maqsadga muvofiq.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha ilovasi 5-bandi uchinchi xatboshisidan “xavf-xatar signalizasiyasi” so‘zlarini chiqarib tashlash lozim.

    3. Loyiha ilovasi 6-bandiga ko‘ra, “Xavfsizlik tizimi majmui kafolatlangan elektr ta'minoti tarmog‘iga ega bo‘lishi, ushbu tarmoq o‘chirilganda (hududni yoritish tizimidan tashqari) uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr ta'minoti manbaiga (dizel'-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan ta'minlangan bo‘lishi lozim”.

    Ta'kidlash lozimki, bunda davlat tomonidan ta'minlanishi lozim bo‘lgan uzluksiz elektr ta'minotining o‘chib qolishi muammolariga tadbirkorlarga qo‘shimcha majburiyat yuklash orqali yechim topishga harakat qilingan.

    Biroq, shuni inobatga olish lozimki, elektr ta'minoti tadbirkorlik sub'ektiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda o‘chib qolishi xavfi mavjud.

    Shuni inobatga olish joizki, tadbirkorlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlar uchun javobgarlikka tortilishi yoki ularga majburiyat yuklanishi, tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladi.

    Bunda, xavfsizlik tizimi majmuini kafolatlangan uzluksiz elektr ta'minoti tarmog‘iga ega bo‘lishi masalasini boshqacha usullar bilan, xususan tadbirkorlik sub'ektiga ortiqcha majburiyat yuklamagan holda hal etish to‘g‘ri bo‘lar edi.

    Shundan kelib chiqib, loyiha mazkur normasi maqsadga muvofiqligi masalasini qayta ko‘rib chiqish lozim.

    4. Loyiha ilovasi 40-bandiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatli xodimlari vakolatlari doirasida ijtimoiy ob'ektlar va ularga tutash hududlarda o‘rnatilgan video kuzatuv tizimlariga, ulardagi ma'lumotlarni to‘plovchi va saqlovchi moslamalariga masofadan turib kirishga, tizim ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishga ruxsat beriladi”.

    Biroq, shuni inobatga olish lozimki, mazkur tahrir amalda shaxslarning, xususan tadbirkorlik sub'ektlarining xususiy mulk huquqi buzilishiga olib keladi.

    Chunki, tadbirkorlik sub'ektiga tegishli bino yoki hudud uning xususiy mulki bo‘lib, mazkur hududda bo‘layotgan holatlar uning shaxsiy ma'lumotlari bo‘lishi mumkin.

    Bunda, sababsiz davlat organlariga tadbirkorlarning shaxsiy mulki bo‘lgan hududlardagi video kuzatuv tizimlariga beruxsat va erkin kirish huquqini berish tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Shu bois, mazmunan qayta ko‘rib chiqib, vakolatli organlarga faqat huquqbuzarliklar tergovi paytida hamda favqulodda vaziyatlarda video kuzatuv tizimlariga kirish huquqini berish maqsadga muvofiq sanaladi.

    5. Ko‘rinib turibdiki, loyiha bilan ijtimoiy ob'ektlar mulkdorlariga bir qator qo‘shimcha majburiyatlar yuklanmoqda.

    Bu, o‘z navbatida, ushbu shaxslar, shu jumladan tadbirkorlardan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qiladi va ular faoliyati ustidan ortiqcha nazorat qilish imkonini yaratib beradi.

    Bunda, ushbu talablarni o‘rnatish bilan bir qatorda, yuqoridagi kabi xavfsizlik moslamalarini o‘rnatish xarajatlarini tadbirkorlarga qoplab berish mexanizmini joriy etish masalasini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

    SSP Matbuot xizmati

    22.04.2021

    10:58

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06