O‘zbekistondan milliy mahsulotlarni Belarusga eksport qilish masalalari muhokama etildi
2021 yil 23 aprel' kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Belarus' kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning milliy mahsulotlar nomeklaturasini Belarusga eksport qilishni kengaytirish masalalari yuzasidan onlayn videomuloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida O‘zbekistondan quruq mevalar, tayyor trikotaj mahsulotlari, turli tekstil' matolar hamda elektrotexnika mahsulotlarini Belorusga eksport qilish imkoniyatlari Belarus' kompaniyasi bilan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida Belarus' va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish, O‘zbekiston eksporterlarini tijorat takliflarini Belarusdagi salohiyatli xaridorlarga yuborish hamda Belarusda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekistondan yetkazib berish hamda ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida mahsulotlar yetkazib berish borasida videomuloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.
23.04.2021
15:18