AKTda tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish
Joriy yilning 24 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Axborot sohasida tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – axborot sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazaning rivojlanish xolati, istiqbollari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, mamlakatda innovatsion biznes muhitini yaxshilash masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Biznes sohasi vakillari va ekspertlar kengashi ishtirokida o‘tkazilgan davra suxbatida samarali huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash masalalari va axborot sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan muhim takliflar muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.09.2013 yildagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2042-son qarori, “Iqtisodiyotning real sektorlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2158 qarori hamda qonun hujjatlarining ta’sirini baholash tizimi saytiga shu yilning 22 iyulida joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari toifasiga kiruvchi korxona va tashkilotlar tasniflagichini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama qilindi.
Davra suxbatida so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasining jadal rivojlanishi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raxnamoligida tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan davlat siyosatining natijasi xisoblanadi.
Davlatimiz raxbari Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida: “Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, "Elektron hukumat" tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompьyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur” deb ta’kidlab o‘tdilar.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda zamonaviy, ilg‘or demokratik va texnologik standartlarga javob beradigan, AKT sektorining faol o‘sishiga, davlat va jamiyat qurilishining barcha soxalariga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinishiga sharoit yaratuvchi axborot sohasi qonunchiligi shakllantirildi. Uning asosini Konstitutsiyaning tegishli qoidalari, milliy axborot huquqining – “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron xujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi va boshqa muhim qonunlar tashkil etadi. Ushbu qonunlar ijrosi uchun huquqni qo‘llash amaliyotining tizimliligi va to‘liqliligi ta’minlanib, huquqiy tartibga solinuvchi sub’ektlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qonunosti xujjatlar o‘z vaqtida qabul qilinmoqda.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan axborot soxasida faoliyat olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar raxbarlari mavjud me’yoriy-huquqiy xujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganligini ta’kidladilar. Milliy korxonalar xo‘jalik birlashmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida xisob va xisobot, xujjat aylanish tizimiga ayniqsa o‘zimizda ishlab chiqarilgan axborot-kompьyuter texnologiyalari va dasturiy maxsulotlarni joriy qilish jarayonlariga keng jalb qilingan. Ular tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar - sifatni oshirish, ishlab chiqarish tannarxini va xarajatlarini pasaytirish, mamlakat eksport saloxiyatini oshirish va Internet tarmog‘idan foydalanib yangi bozorlarni ochish uchun xizmat qilmoqda.
O‘z o‘rnida aytish joizki, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qonunchilikda ko‘zda tutilgan preferentsiya va imtiyozlardan samarali foydalanishmoqda. Ular faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining samarasi, ularning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi, maxalliy dasturiy maxsulotlar xajmi va sifatini sezilarli darajada oshirishda muhim omil bo‘ldi. Kommunikatsiya bozorining faol rivojlanishi samarali huquqiy tartibga soluvchi siyosat natijasi xisoblanadi. Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar tomonidan tizimli ravishda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamining kengayishi ta’minlanmoqda, hamda yildan yilga ma’lumotlar uzatish tezligi o‘sib borayotir.
Davra suxbatida so‘zga chiqqanlar qayd etganidek, axborot soxasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam islox qilib borish tufayli, milliy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalayotganligini namoyish etmoqda. Birgina oxirgi yilda o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda soxa korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi 11.4 foizni, shu jumladan axoliga ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘sishi 12.2 foizni tashkil etdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 2016 yil boshiga nisbatan 32 foizga oshib, 35 Gbit/sekundga etdi.
Muxokamalar yakuni bo‘yicha ishbilarmonlik muxiti sharoilarini yaxshilashga ko‘maklashuvchi axborot soxasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari soxasida yangi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishchi o‘rinlarini yaratish, hamda tadbirkorlik sub’ektlarining xuquq va manfaatlarini ximoya qilishni ta’minlashga qaratilgan bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi.
24.08.2016
12:28