Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi va mas'ul rahbarlar hisoboti tinglandi:
1.“Ayollar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida – shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Ibragimovaning hisoboti tinglandi.
2. Davlat rahbarining 2021 yil 26 fevralda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 11-sonli bayonidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan shahardagi sektor rahbalarining va hokimning xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi X.Ibragimovaning aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha hisoboti tinglandi.
3. Sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlarda va qabullarda kelib tushgan murojaatlarning ijrosi to‘g‘risida hisobotlari tinglandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4936-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish natijalari to‘g‘risida doimiy komissiya raisi S.Ergashevaning ahboroti tinglandi.
5. Xalq deputatlari shahar Kengashiga yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan o‘rganish natijalari to‘g‘risida doimiy komissiya raisi U.Mirzaevning axboroti tinglandi.
6. “Temir daftar” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Mirzaqulovning hisoboti tinglandi.
7. 2021 yilning joriy davriga qadar “Obod maxalla” dasturi doirasida shaharda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida shahar hokimining o‘rinbosari O.Ergashovning hisoboti tinglandi.
8. Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Bekobod shahar 3-sektor rahbari M.R.Sottievning 2021 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini 3-sektor hududida tashkil etish yuzasidan 2021 yil 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida – 3-sektor rahbari M.Sottiev axboroti tinglandi.
9. “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi to‘g‘risida shahar hokimining o‘rinbosari A.Dadaboevning hisoboti tinglandi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma Qarori ijrosi va Bekobod shahrini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishni reyting ko‘rsatkichlarini muhokama qilish hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Mirzaqulovning hisoboti tinglandi.
11. Bekobod shahar mahalliy byudjetining 2021 yil 2-chorak yakuni bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risida Moliya bo‘limi mudiri M.Turdimatovaning axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan tinglangach bir ovozdan qabul qilindi.
30.06.2021
11:14