“Oʼzbekistonda agrobiznesni rivojlantirishda istiqbolli hamkorlik yoʼnalishlari” mavzusida onlayn seminar oʼtkazildi.
Savdo-sanoat palatasi va Oʼzbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, Hindiston mikro, kichik va oʼrta korxonalar milliy instituti hamda Stevia Knowledge Group bilan hamkorlikda “Oʼzbekistonda agrobiznesni rivojlantirishda istiqbolli hamkorlik yoʼnalishlari” mavzusida onlayn seminar oʼtkazildi.
Tadbir onlayn rejimida ochiq muloqot tarzida oʼtkazilib, qishloq xoʼjaligi ekinlarining eksportbop navlarini yaratishda oʼsimliklar genofondining roli, yer hosildorligi va sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarning roli qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, eksport va agrologistika salohiyati kabi mavzular muhokama qilindi.
Seminar yakunida soha mutaxassislarini malakasini oshirish hamda sohada ilm-fanning yangi yutuqlarini joriy etishda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
27.07.2021
16:08