Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi Turkiya Savdo palatalari va birjalari uyushmasi Prezidenti bilan uchrashdi.
Tatariston Respublikasida amaliy tashrif bilan boʼlib turgan Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, TOBB ETU universitetining rektori А.Ikramov Turkiya Savdo palatalari va birjalari uyushmasi Prezidenti R.Hisarchiklioglu bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari oʼrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, oʼzaro savdo aylanmasini oshirish, iqtisodning turli yoʼnalishlarida mustahkam sheriklik aloqalarini oʼrnatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuvda Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent filiali uchun barpo etilayotgan oʼquv binosini har tomonlama zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash, oʼqituvchi va talabalar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish kabi masalar ham koʼrib chiqildi.
30.07.2021
14:11