Qashqadaryoda navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi
Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi binosida, Qashqadaryo viloyat prokurori va masalaga oid boshqa tashkilotlar ishtirokida tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqot" o‘tkazish bo‘yicha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlar yuzasidan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Ayrim murojaatlar joyida xal etilib, vaqt va o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish xamda ushbu murojaatlarni belgilangan muddatda xal etish uchun mutasaddi idora va tashkilotlar raxbarlariga topshiriq sifatida berildi.
Xususan Qarshi shahri Orzu bozorida faoliyat olib boradigan tadbirkor R.Karimov tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun konteyner o‘rnatishga ruhsatnoma olishda yordam surab murojaat etgan. Tadbirkorning murojaati urganilib joyida xal etildi.
Sayyor qabullar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
09.08.2021
12:49