Sud huquq sohasidagi va qonunchilikda boʼlgan oʼzgarishlarni tadbirkorlik subʼektlariga yetkazish boʼyicha navbatdagi seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 12 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi bilan hamkorlikda Sud huquq sohasidagi va qonunchilikda boʼlgan oʼzgarishlarni tadbirkorlik subʼektlariga yetkazish boʼyicha navbatdagi seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 15 iyunda qabul qilingan "Sudlar" toʼgʼrisidagi qonundagi yangiliklar va oʼzgarishlar boʼyicha davra ishtirokchilariga maʼlumot va tushunchalar berildi.
Unda hududiy boshqarma boshligʼi oʼrinbosari, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi raisi, tuman iqtisodiy sudi sudьyalari va viloyatdagi faol tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Seminarda soʼzga chiqqanlar yangi qonundagi oʼzgarishlar toʼgʼrisida soʼz yuritdilar.
Sud-huquq sohasidagi islohotlar xususida soʼz yuritilganda, Oʼzbekistonda oʼtgan qisqa davr mobaynida yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish vazifasi muvaffaqiyatli hal etilganiga toʼxtalmaslikning iloji yoʼq.
Sudyalarning mustaqilligi va huquqiy kafolatlari tizimining huquqiy asoslari Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Sudlar toʼgʼrisida»gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʼyildi.
Sudyalar maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari va sudьya lavozimiga nomzodlar va saylangan shaxslarga qoʼyilgan talablar xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Hujjatda sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta koʼrib chiqilgan, sudyalarning vakolatlarini bekor qilish asoslari va tartibi aniqlashtirilib, ularning sudyalarning ijtimoiy himoyasi taʼminlandi.
Tuman yoki shahar sudining sudyasi etib tayinlash yoki saylash uchun yuridik kasb boʼyicha eng kam ish staji 5 yil oʼrniga 7 yil, viloyat sudyaligiga — 7 yil oʼrniga 10 yil, Oliy sud sudyaligiga — 10 yil oʼrniga 15 yil etib belgilandi.
Muxtasar aytganda, mamlakatimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish, odil sudlovning sifat va samaradorligini oshirish, sudlarning mustaqilligini, masʼuliyatini kuchaytirish, bir soʼz bilan aytganda, ushbu muhim sohadagi islohotlar izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda.
13.08.2021
11:46