• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 559 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori (ID-47568) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1.Loyiha 1-bandi toʼrtinchi xatboshiga koʼra, “Qishloq xoʼjaligi maqsadlari va dehqon xoʼjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʼyicha tanlov komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”, - deb belgilangan.

    Bunda, eng yaxshi taklifni tanlab olish tanlov komissiyasi tomonidan ham amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

    Biroq, shuni inobatga olish lozimki, bunda eng yaxshi taklifni tanlab olish jarayonida byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlar yuzaga kelishi, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.

    Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar Kontseptsiyasining II-bobi 3-bandiga koʼra, “Tegishli vakolatlarni aniq davlat organlariga oʼtkazish va ularga qabul qilinayotgan qarorlarning natijasi uchun javobgarlikni yuklash orqali davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlarni (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar) tubdan qisqartirish” belgilangan.

    Qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5527-sonli Farmoni 4-bandiga koʼra:

    amaliy ahamiyatga ega boʼlmagan, shuningdek, davlat boshqaruvida, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlarning yuzaga kelishiga sabab boʼladigan idoralararo kollegial organlarni tashkil etish va faoliyat yuritishi;

    idoralararo kollegial organlarga davlat organlari vazifa va funktsiyalarining oʼrnini egallashga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib keluvchi takrorlovchi va parallel funktsiyalarni yuklash taqiqlanadi.

    Koʼrinib turganidek, eng yaxshi taklifni tanlab olishning tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq emas va bu amaldagi qonunchilik talablariga ham toʼgʼri kelmaydi.

    Qolaversa, taklif etilayotgan mexanizmda shaffoflik taʼminlanmagan, jamoatchilik nazoratini oʼrnatish imkonsiz.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, yer ajratish kabi oʼta muhim masalani hal etishda korruptsiya holatlarini oldini olish, bunda inson omilini butunlay istisno qilish maqsadida eng yaxshi takliflarni tanlash va ularga yer ajratish mezonlarini aniq va qatʼiy, yaʼni har xil talqin qilinishini istisno qiladigan darajada belgilash hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olishni toʼliq elektron tizim orqali amalga oshirish lozim.

    Ushbulardan kelib chiqib, loyiha va uning ilovalaridagi tanlov komissiyasi bilan bogʼliq boʼlgan barcha normalarni chiqarib tashlash zarur.

    2.Loyiha 7-bandiga koʼra, “Qishloq xoʼjaligi vazirligi uch oy muddatda tanlov gʼolibi tomonidan yer ajratishda zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan monitoring olib borish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʼllash va yer uchastkasini olib qoʼyish boʼyicha sudlarga takliflar kiritish holatlarini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritisin”, - deb belgilangan.

    Biroq, shuni inobatga olish lozimki, mazkur masalalar Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi bilan tartibga solingan boʼlib, ushbu masalalarni muayyan soha boʼyicha alohida tartibga solish zaruriyati mavjud emas.

    Shu bois, loyiha 7-bandini chiqarib tashlash zarur.

    3.Loyiha 1-ilovasi 5-bandiga koʼra:

    “Qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun yer uchastkasi Oʼzbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan muddatlarga ijaraga beriladi.

    Qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun yer uchastkasi quyidagi oʼlchamlarda ijaraga beriladi:

    sabzavot-polizchilik yoʼnalishiga – kamida 3 gektar;

    bogʼdorchilik, uzumchilik yoʼnalishiga – kamida 3 gektar;

    chorva ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda sugʼoriladigan yerlardan – kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan – kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan – kamida 2 gektar;

    paxta va gʼallachilik yoʼnalishiga – kamida 30 gektar;

    lalmikor gʼallachilik yoʼnalishiga – kamida 100 gektar;

    gʼallachilik va sabzavotchilik yoʼnalishiga – kamida 10 gektar”.

    Bunda, qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun beriladigan yer uchastkasi oʼlchamlarini belgilash nazarda tutilgan.

    Biroq, qayd etish lozimki, mazkur masala Oʼzbekiston Respublikasining Yer kodeksi hamda “Fermer xoʼjaligi toʼgʼrisida”gi Qonun bilan tartibga solingan.

    Yuqoridagi normada esa, amaldagi qonunchilikda belgilangan normalar bilan nomuvofiqliklar yuzaga kelgan. Misol uchun, “Fermer xoʼjaligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 5-moddasiga koʼra, ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʼlchami bogʼdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda koʼpi bilan 5 gektarni tashkil etadi.

    Loyihada esa, ushbu sohalar uchun ijaraga beriladigan yer uchastkasining eng kam oʼlchami 3 gektar qilib belgilangan.

    Mazkur masala amaldagi qonun hujjatlarida belgilanganligi sababli, uni mazkur loyihada qayta takrorlash zaruriyati mavjud emas.

    4.Loyiha 1-ilovasi 19-bandiga koʼra, “Tanlov xabarnoma va lot haqida eʼlon berilgan kundan boshlab 15 kalendarь kundan soʼng oʼtkaziladi”, - deb belgilangan.

    Biroq, bunda tanlov haqida xabar berilgandan soʼng tanlovni oʼtkazishgacha boʼlgan muddat qisqa qilib belgilangan.

    Vaholangki, bunga oʼxshash boʼlgan holatlarda amaldagi qonunchilikda 30 kunlik muddat nazarda tutilgan.

    Xususan, Fuqarolik kodeksi 380-moddasiga koʼra, tashkilotchi auktsion va tanlov oʼtkazilishi toʼgʼrisida kamida oʼttiz kun oldin xabar qilishi kerak, deb belgilangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur muddatni oʼttiz kun qilib belgilash lozim.

    5.Loyiha 1-ilovasi 20-bandi uchinchi xatboshiga koʼra, “tanlovda bir marotaba gʼolib boʼlgan shaxs keyingi tanlovlarda ishtirok etmaydi (bundan avvalgi yer uchastkasiga boʼlgan huquq bekor boʼlgan holatlar mustasno)”, - deb belgilangan.

    Biroq, shuni inobatga olish lozimki, mazkur norma amaliyotda mazmunan ishlamasligi mumkin.

    Vaholangki, tanlovda bir marotaba gʼolib boʼlgan shaxs keyingi tanlovlarda yangi subʼekt tashkil etgan holda ishtirok etishi ham mumkin.

    Bunda, mazkur norma mazmunan oʼz ahamiyatini yoʼqotadi.

    Shu bois, ushbu talabni oʼrnatishning maqsadga muvofiqligi masalasini qayta koʼrib chiqish tavsiya etiladi.

    6.Loyiha 1-ilovasi 23-bandi uchinchi xatboshiga koʼra:

    “Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar:

    yer tuzish loyihasini ishlab chiqish, yer uchastkasining chegaralarini naturada (joyning oʼzida) belgilash, qishloq hoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish hamda operator tomonidan tanlovni oʼtkazish bilan bogʼliq xarajatlarni qoplash uchun yer uchastkasi maydoni 100 gektardan koʼp boʼlmaganda bazaviy hisoblash miqdorining oʼn baravari, yer uchastkasi maydoni 100 gektar yoki undan koʼp boʼlganda bazaviy hisoblash miqdorining oʼn besh baravari miqdoridagi pul mablagʼini operatorning maxsus depozit hisobvaragʼiga kiritish yoʼli bilan ishtirok etadi”.

    Аvvalo, ushbu toʼlovning hali tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun belgilanishi maqsadga muvofiq emas. Chunki, amaliyotda ular tomonidan amalga oshirilgan toʼlovlarni tanlov tugagandan soʼng darhol qaytarish boʼyicha koʼplab muammolar yuzaga kelishi aniq.

    Qolaversa, qilingan ishlar uchun xarajatni tanlovda gʼolib boʼlgan shaxsdan undirish imkoniyati har doim mavjud.

    Shu bois, mazkur toʼlovni barcha talabgorlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun toʼlanishini belgilash maqsadga muvofiq emas.

    Bundan tashqari, yuqoridagi normada toʼlov miqdori yuqori qilib belgilangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur toʼlov miqdorini kamaytirish hamda uni tanlov yakunlangandan soʼng tanlov gʼolibi tomonidan toʼlanishini nazarda tutish lozim.

    7.Loyiha 1-ilovasi 24-bandi 1-3-xatboshilariga koʼra:

    “Talabgor tomonidan taqdim etilgan quyidagi qoʼshimcha hujjatlari arizaga ilova qilingan holda operatorga yuboriladi:

    amaldagi yerdan foydalanuvchilar uchun hududni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishdagi ishtiroki boʼyicha sektor rahbari maʼlumotnomasi (hududni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishdagi ishtiroki obʼekt boʼyicha aniq koʼrsatilgan holda sektor rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʼlishi shart);

    amaldagi yerdan foydalanuvchilar uchun kredit tarixi toʼgʼrisida xizmat koʼrsatuvchi tijorat bankining maʼlumotnomasi (rahbar yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʼlishi shart).

    Koʼrinadiki, bunda keraksiz va ortiqcha boʼlgan, talabgorlarning tanlovlarda ishtirok etishi uchun toʼsiq boʼluvchi talablar nazarda tutilgan.

    Qolaversa, bunday talablarning qoʼyilishi birinchi navbatda, byurokratik toʼsiq va korruptsiya holatlariga sharoit yaratib beradigan holat sifatida baholanishi lozim.

    Chunki, bunday maʼlumotlarni berish inson faktorini yuzaga keltirib, har qanday suiisteʼmolliklarga olib kelishi aniq.

    Shu bois, loyiha 1-ilovasidan bunday talablarni chiqarib tashlash lozim.

    8.Loyiha 1-ilovasi 25-bandiga koʼra:

    “Talabgor va uning xodimlarining maʼlumoti, mutaxassisligi, ish staji, shuningdek, chorva bosh soni, mavjud qishloq xoʼjaligi texnikalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlari tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi.

    Аgarda tizim orqali talabgor va uning xodimlarining maʼlumotlari avtomatik ravishda shakllanmagan taqdirda, talabgor ushbu maʼlumotlarni tegishli organlarning elektron bazasiga kiritgandan soʼng arizani rasmiylashtirishi mumkin”.

    Ushbu talablarni belgilash ham ortiqcha koʼrinadi.

    Vaholangki, barcha talabgorlar ham oʼz faoliyatini muqaddam yuritgan boʼlmasligi, baʼzi talabgor faoliyatini yangi boshlayotgan boʼlishi mumkin.

    Bunday holatlarda esa, uning arizasi toʼliq taqdim etilmaganligi vaji bilan qaytarilishi mumkin.

    Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, shuningdek barcha talabgorlarga teng imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida, yuqoridagi normani chiqarib tashlash lozim.

    9.Loyiha 2-ilovasi 4-bandiga koʼra:

    “Dehqon xoʼjaligi yuritish uchun yer uchastkasi Oʼzbekiston Respublikasi Yer kodeksi va “Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida”gi Qonunda belgilangan muddatlarga ijaraga beriladi.

    Dehqon xoʼjaligi yuritish uchun yer uchastkasi 0,06 gektardan 1 gektargacha oʼlchamlarda ijaraga beriladi”.

    Dehqon xoʼjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasi oʼlchamlari “Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida”gi Qonunda belgilangan.

    Loyihada esa, amalda tartibga solingan masalalarni qayta tartibga solish zaruriyati yoʼq.

    Shu bois, yuqoridagi normadan ikkinchi xatboshini chiqarib tashlash zarur.

    10.Loyiha 2-ilovasi 18-bandiga koʼra, “Tanlov xabarnoma va lot haqida eʼlon berilgan kundan boshlab 15 kalendarь kundan soʼng oʼtkaziladi”, - deb belgilangan.

    11.Loyiha 2-ilovasi 22-bandi ikkinchi xatboshiga koʼra:

    “Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar ushbu Reglamentga
    3-ilovada koʼrsatilgan shakldagi arizani Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurish yoki elektron maydoncha va YaIDXP orqali ERI bilan tasdiqlab yuborish, shuningdek har bir lot boʼyicha qishloq hoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi rasmiylashtirilgunga qadar yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va yer uchastkasining chegaralarini naturada (joyning oʼzida) belgilash hamda operator tomonidan tanlovni oʼtkazish bilan bogʼliq xarajatlarni qoplash uchun operatorning maxsus depozit hisobvaragʼiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi pul mablagʼini (bundan “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar mustasno) kiritish yoʼli bilan ishtirok etadi”.

    Mazkur Xulosa 6-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, ushbu toʼlovni tanlov yakunlangandan soʼng tanlov gʼolibi tomonidan toʼlanishini nazarda tutish lozim.

    Mazkur Xulosa 4-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, mazkur muddatni oʼttiz kun qilib belgilash lozim.

    12.Loyiha 2-ilovasi 23-bandiga koʼra:

    “Talabgor tomonidan taqdim etilgan quyidagi qoʼshimcha hujjatlari arizaga ilova qilingan holda operatorga yuboriladi:

    mehnatga layoqatli oila aʼzolari toʼgʼrisida maʼlumotlar (ota-onasi, er-xotini fuqarolik pasporti va nikoh tuzilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma nusxalari, farzandlarining tugʼilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik pasporti nusxalari);

    mavjud tomorqasidan samarali foydalanganligi boʼyicha Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining maʼlumotnomasi.

    Bunda ham ortiqcha boʼlgan talablarni belgilash nazarda tutilgan.

    Shu bois hamda mazkur Xulosa 7-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, mazkur talablarni chiqarib tashlash zarur.

    13.Taʼkidlash lozimki, loyiha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF–6243-son Farmonidan kelib chiqib ishlab chiqilgan boʼlsada, ammo bu orqali tadbirkorlarga yer ajratishning turli xil usullari taklif etilmoqda.

    Yerlarni tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga taqsimlashda teng huquqiy sharoitlar yaratish lozimligini inobatga olib, bunda yagona tizim, yaʼni yerlarni faqat elektron onlayn-auksion orqali sotish tartibini joriy etish masalasini yana bir bor koʼrib chiqish maqsadga muvofiq boʼlar edi.

    SSP Matbuot xizmati

     

    13.08.2021

    17:10

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06