Savdo-sanoat palatsi Ijroiya qoʼmitasi hodimlari tadbirkorlikni rivojlantirish boʼyicha ustuvor yoʼnalishlarga bagʼishlangan taqdimotlar bilan tanishdi
Joriy yilning 20 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot”i oʼtkazildi.
6 soatdan ortiqroq davom etgan uchrashuvda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlanitirish, ular faoliyatini tashkil qilishda qulaylik yaratish, tizimli muammolarni hal qilish masalalari koʼrib chiqildi.
Ochiq muloqot yakunida Davlat rahbari tomonidan keyingi 5 yilllikda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan keng qamrovli islohotlar va ular faoliyatini toʼgʼri tashkil qilish uchun yaratiladigan imkoniyatlar borasida toʼxtalib oʼtildi.
Tadbir yakunida murojaatlardan kelib chiqqan holda 7 ta yoʼshnalish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar va vazirlik tashkilotlarga bir qator vazifalar belgilab berildi.
Shu munosabat bilan 23-24 avgust kunlari Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov Palata Ijroiya qoʼmitasi hodimlariga yuqoridagi 7 ta yoʼnalishdagi tub oʼzgarishlar toʼgʼrisida taqdimot qildi.
Jumladan, Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"da asosiy masala sifatida koʼtarilgan bank, moliya, kreditlash, yer ajratish, transport-logistika yoʼnalishlaridagi istiqbolli oʼzgarishlar toʼgʼrisida batafsil toʼxtalib oʼtildi.
Shu bilan birga, taqdimot davomida yuqorida qayd etilgan islohotlar va yangiliklar toʼgʼrisida barcha tadbirkorlarni xabardor qilish va ularga yaratilgan imkoniyatlarni toʼlaqonli foydalanish imkoniyatini yaratish boʼyicha tegishli topshiriqlar berildi.
25.08.2021
10:09