Toshkentda Oʼzbekiston-Birlashgan Аrab Аmirliklari biznes-forumi boʼlib oʼtdi
25 avgust kuni Toshkentda Oʼzbekiston-Birlashgan Аrab Аmirliklari biznes-forumi boʼlib oʼtdi va unda Oʼzbekiston Respublikasi hamda BАА davlat muassasalari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi. Birlashgan Аrab Аmirliklari tomonidan “DP World”, “Abu Dhabi Ports”, “Masdar”, “Mubadala Health”, “VPS Healthcare”, “DAMAC”, “Kanoo Group”, “Julphar”, “Al Rais Travel and Tourism” kabi va boshqa korxonalar vakillari qatnashdi.
Tadbirda xorij delegatsiyasiga BАА Iqtisodiyot vaziri Аbdulloh bin Tuk al-Marri, oʼzbek delegatsiyasiga esa Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchilik qildi.
Delegatsiyalar rahbarlari oʼz chiqishlarida ikki mamlakat oʼrtasidagi koʼp qirrali hamkorlikning yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, qoʼshma investitsiya loyihalari sonini oshirish va uzoq muddatli savdo aloqalarini oʼrnatishning barqaror dinamikasini qayd etdilar.
Shu bilan birga, ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati ustuvor yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikni yanada oshirishning shart-sharoitlarini shakllantirayotgani maʼlum qilindi. Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat biznes vakillari oʼzaro fikr va loyiha takliflari bilan almashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va aniq kelishuvlarga erishishlari mumkin boʼlgan platformani yaratish zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan tomonlar Oʼzbekiston-BАА Ishbilarmonlar kengashi tuzilganini mamnuniyat bilan olqishlab, ikki mamlakat tadbirkorlarini muvaffaqiyatli va oʼzaro manfaatli hamkorlikka chaqirdilar.
Forum yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov hamda BАА Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi bosh direktori Humaid Ben Salem Oʼzbekiston-BАА Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʼgʼrisidagi bitim imlozaladilar.
26.08.2021
09:53