Boʼstonliq tumanida tadbirkorlik asoslariga oʼqitish boʼyicha 10-guruh yoshlarining dars soatlari yakunlandi.
Boʼstonliq tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, doimiy ish bilan taʼminlanmagan va tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlarni “Yoshlar:1+1” dasturi doirasida tadbirkorlik va biznes koʼnikmalariga oʼqitish boʼyicha 10-guruh darslari tashkil etilgan edi. 48 soatlik darslarda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati mazmuni va mohiyati, eng yaxshi biznes gʼoyani izlash, korxonani tashkil qilish va uning huquqiy asoslari, tadbirkorlik subʼektlarining davlat roʼyxatidan oʼtkazish mavzularida maʼruza oʼtildi.
Oʼtilgan darslar boʼyicha oʼtkaziladigan onlayn test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan yoshlar imtiyozli kredit olish imkoniyatini qoʼlga kiritadilar.
30.08.2021
09:36