Latviyada Oʼzbekiston savdo uyi ochildi.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni Latviya poytaxti Rigada Latviyaning "Outdoor Media" kompaniyasi tomonidan asos solingan oʼzbek savdo uyining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov, Oʼzbekiston Respublikasining Latviyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Q.Sultonov, Latviya Investitsiyalar va taraqqiyot agentligi boshligʼi K.Royalns hamda Latviyadagi Oʼzbekiston savdo uyi uyi asoschisi V.Galperin va boshqalar ishtirok etdi.
Savdo uyida koʼrgazma zalini yaratish nazarda tutilgan boʼlib, bu erda oʼzbek ishlab chiqaruvchilarining tovarlari namunalari, asosan, toʼqimachilik, poyabzal, chinni, mebel, tibbiy buyumlar, qandolat mahsulotlari, elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun: Oʼzbekiston savdo uyi 2021 yil 6 avgustda Latviya investitsiyalar va taraqqiyot agentligi tomonidan roʼyxatga olingan. Savdo uyining umumiy maydoni 140 kv.m.
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Аdham Ikramov oʼzining tabrik soʼzida, Latviya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Oʼzbekistonning muhim sheriklaridan biri ekanligini va Oʼzbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari oʼrtasida ikki tomonlama hamkorlikning koʼp qirrali rivojlanishini doimo qoʼllab -quvvatlab kelishini taʼkidladi.
Soʼngra, Oʼzbekiston Respublikasining Latviyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Qadamboy Sultonov soʼzga chiqdi va yigʼilganlarga Oʼzbekiston va Latviya oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati, eksport komponentiga eʼtibor qaratib, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish vazifalari haqida maʼlumot berdi.
2020 yil oxiriga kelib Latviya Oʼzbekistonning oʼzaro savdosi faol rivojlanayotgan asosiy 15 ta mamlakatlari qatoriga kirdi (2020 yilda Latviya bilan tashqi savdo aylanmasi 367,7 million dollarni, eksport 35,5 million dollarni va import 332 million dollarni tashkil etgan.)
Shu bilan birga, 2021 yil yanvar-iyun oylari natijalariga koʼra. mamlakatlarimiz oʼrtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 107,6 million dollarni, eksport 31,4 million dollarni va import - 76,1 million dollar. tashkil etdi.
Taʼkidlash joizki, tashkil etilgan Savdo uyi oʼzbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini Latviya bozoriga chiqarishga koʼmaklashish, ikki tomonlama savdo hajmini oshirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʼrtasida ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirishga yoʼnaltirilgan.
10.09.2021
18:34