“Yoshlar 1+1” dasturi doirasida 10-bosqich o‘quv kurslari tashkil etildi
Respublikamizda tadbirkorlik muhitini mustahkamlash, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va shuningdek, tadbirkorlik hamda ishbilarmonlik kayfiyatini shakllantirishda ham yosh tadbirkorlarning munosib roli bor.
Mirobod tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, doimiy ish bilan ta'minlanmagan va tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlarni “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida tadbirkorlik va biznes ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha 10-bosqich o‘quv kurslari tashkil etildi. 48 soatlik darslarda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati mazmuni va mohiyati, eng yaxshi biznes g‘oyani izlash, korxonani tashkil qilish va uning huquqiy asoslari, tadbirkorlik sub'ektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mavzularida ma'ruzalar o‘tilmoqda.
Ushbu o‘quv kurslarini tamomlab sertifikat olgan Qurbonov Jo‘rabek tekstil maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi “O`ZI-BITTA” oilaviy korxonasini tashkil etib 5 nafar ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minladi.
27.09.2021
11:55