Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.
Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.
Chirchiq shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tashkil qilingan o‘quv kurslarining 10-guruh yoshlariga darslar davom etmoqda.
Mazkur guruh o‘quvchilariga navbatdagi 5-dars bo‘lib o‘tdi. Dars davomida Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi “Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi” Chirchiq shahar bo‘linmasi rahbari R.Najimov yoshlarga eng yaxshi biznes g‘oyani izlash,Tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlarini aniqlash va baholash to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Dars juda qizg‘in munozaralarga boy tarzda o‘tkazildi, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
SSP Matbuot xizmati
27.09.2021
12:17