Mirzo-Ulug‘bek tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Toshkent shahar tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish belgilangan.
Uchrashuv Mirzo Ulug‘bek tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Mirzo-Ulug‘bek tuman hokimining birinchi o‘rinbosari mas'ul tashkilotlar vakillari va tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bildirilgan muammo va takliflarning aksariyati joyida hal etildi hamda hal etilmagan murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan tegishliligi yuzasidan mas'ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
29.09.2021
09:20