“Siemens" kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilningn 29 sentyabr' kuni Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari F.Usmanov “Siemens” kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti va “Siemens” vise -prezidenti Aleksandr Liberov bilan uchrashdi.
Tadbir avvalida Palata raisining o‘rinbosari delegasiya vakillariga Savdo-sanoat palatasi faoliyati, ayni kunlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi loyihalar to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar sanoatni avtomatlashtirish, transport, elektrotexnika, avtomobilsozlik va boshqa sohalarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Jumladan temir yo‘l transporti, intellektual infratuzilma, raqamlashtirish, tog‘ -kon sanoatini rivojlantirish borasida har ikki tomonida ham yetarlicha imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
29.09.2021
16:53