Shayhontohur tumanida muammolar oʼrganilmoqda
Shayxontohur tumanidagi tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, shu bilan birgalikda Respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash boʼyicha taklif va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida Savdo-sanoat palatasi Shayhontohur tuman boʼlimi boshligʼi va xodimlari uchrashuvlar tashkil etildi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida tashkilotlarning Rahbariyat va maʼmuriyatiga tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari toʼgʼrisida amaldagi normativ aktlarga tayangan holda tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, “Eski juva” va “Chorsu” bozorlariga chiqib, Tadbirkorlar muammosini oʼrganish ishlari, ularga Xukumat tomonidan qabul qilingan amaldagi normativ aktlarning maqsad va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Katta xovuz” va “Suzukota” MFYlari -“qizil roʼyxatga” tushgan maxalla boʼlib, maxallada yashovchi va shu hududda tadbirkorlik qilayotgan, muammosining yechimini topa olmayotgan tadbirkorlarlar bilan uchrashuv tashkil qilingan holda, ularning muammolarini oʼrganib va masalani yechimini topish maqsadida chora koʼrildi.
30.09.2021
09:59